Zbekiston respublikasi


-rasm. Harakati kompyuterli boshqariladigan mashinaning umumiy



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
1.2.3-rasm. Harakati kompyuterli boshqariladigan mashinaning umumiy 
strukturasi 
Mexanik qurilmaning harakati jarayonida ishchi organ ishlov berilayotgan 
ob’ektga bevosita ta’sir qiladi va amalga oshirilayotgan avtomatlashtirilgan 
opertsiyaning sifat ko`rsatgichlarini ta’minlaydi.


22 
Shunday qilib, MTlarda mexanik qismi boshqariladigan ob’ekt hisoblanadi. 
MT tomonidan funktsional harakat amalga oshirish jarayonida mexanik qismining 
oxirgi zvenosi bo`lgan ishchi organga tashqi ob`ektlar g`alayonli ta`sir etadi. Bu 
ta`sirlarga misol bo`lib mexanik ishlov berish operatsiyalarida kesish kuchlari, 
shakllantirish va yig`ish operatsiyalarida kontakt kuchlari va kuch momentlari 
xizmat qiladi. 
Demak, MTlarning yuritmalar blokini, kompyuterli boshqarish sistemasini 
va sensorlarni loyihalash jarayoni MTlarning qanday texnologik operatsiyani 
bajarishiga asoslangan mexanik qismini boshqariladigan ob’ekt sifatida tahlil qilish 
va g`alayonlarni ta`sirlarni hisoblashdan boshlanadi. 
Asosiy tayanch so`z va iboralar 
Elektr yuritmali tizim; mexatronik tizim; elektrdvigatel; kuchli o`zgartgichli 
qurilma; uzatuvchi mexanizm; parametr datchiklari; boshqaruvchi qurilma; 
axborot va energetik oqimlar 
Asosiy tayanch tushunchalar 

Elektrdvigatel elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi. Bu 
ishni har xil elektrdvigatellar bajaradi 

Kuchli o`zgartgichli qurilma elektr energiyasi manbaidan olayotgan elektr 
energiya paremetrlarini: tok kuchi, kuchlanishi, chastotasini elektrdvigatel iste`mol 
qiladigan qiymatlargacha o`zgartiradi. 
* Uzatuvchi mexanizm elektrdvigateldan chiqadigan mexanik harakatni 
mashina yoki agregatning ishchi organi (ijrochi mexanizmi) harakatlanishi uchun 
kerak bo`lgan harakat turiga (aylanma, ilgarilanma) va kerakli qiymatga 
(aylantiruvchi moment, kuch, aylanish chastotasi, tezlik) aylantirib beradi

* Parametr datchiklari elektr yuritmaning joriy holati haqida ma’lumot 
beradi. Bu ma’lumot texnologik va texnik talablarga mos keladigan boshqarishning 
teskari aloqasini shakllantirish uchun kerak. 


23 
* Boshqaruvchi qurilma signal beruvchi va teskari aloqadagi datchiklardan 
kelayotgan signallar asosida kuchli o`zgartgichli qurilmaga boshqaruvchi signallarni 
shakllantiradi. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin