103
ishga tushiradi. Agar kerak bo`lsa, bu qurilma mashina tomidagi elektrolyukni ham
yopadi, eshiklardagi shishalarni ko`taradi. Yana 2 ta fotodiod bu tizimda mavjud.
Ulardan biri faralarni avtomatik tarzda yoqadi (kech
tushganda yoki mashina
tunnelga kirganda), ikkinchisi “dalniy” va “blijniy” faralarni o`zgartirib turadi. Bu
funktsiyalarning ishlashi mashina modeliga bog`liq.
2.3.8-rasm. Tesla avtomobilining atrofni “ko`rish” imkoniyati
2.3.9-rasm. "Bosh" firmasi ob- havo datchigining ishlash printsipi
104
2.3.3.
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimlari
Avtomobil xavfsizlik podushkasi (airbag).
Uning elementlari:
inertsion datchiklar
mashina modeliga qarab, mashina bamperida, motor to`sig`i oldida, haydovchi tirsak osti joyida
joylashgan bo`lib, avariya paytida boshqarishning elektron blokiga signallarni yuboradi (2.3.10-
rasm). Zamonaviy AXBT da frontal datchiklar 50 km/soat dan yuqori tezlikdan paydo bo`lgan
zarbada ishlaydi. Yon tomondagilar bundan kichikroq zarbada ishlaydi.
Elektron blokdan signal gazogenerator bilan ulangan asosiy modulga uzatiladi. Asosiy
modul diametri 10 sm va balandligi 1 sm li tabletka shaklida bo`lib, azot generatsiyalovchi
moddadan iborat. Elektr impuls tabletkaning patronini yondiradi va kristallar portlash tezligida
gazga aylanadi. Ana shu jarayon juda tez amalga oshiriladi va podushka 25 ms ichida gazga
to`ladi (2.3.11-rasm). Keyin podushka 200-300 km/soat tezlikda insonning ko`kragi
tomon
otilib keladi.
Dostları ilə paylaş: