Bolalar bilan muloqot Kichik yoshli bolalar o’zlarining tabiiy ehtiyojlari, kattalarga bog’liqligi bilan odamga o’ziga xos xursandchilik baxsh etadi. Ayniqsa, o’zbekistonliklar bolajon bo’lib, 5 yoshgacha bo’lgan bolalarni biz boshqacha sevamiz. Til tushunmas, chaqaloq bilan bo’ladigan mehrli suhbat ham insonga orom beradi, dunyo tashvishlaridan yiroq qilib, salomatligini asrashga imkon beradi. Bola bilan bo’ladigan har qanday muloqot, o’yin, ularni nimagadir o’rgatish salomatlik uchun o’ta foydalidir. Shuning uchun o’zbeklarda “bolali uy bozor, bolasiz uy mozor” degan naql borki, uning ma’nosi yosh bola bilan muloqot qilishdan mahrum bo’lgan odamlarning asablari juda tarang, ancha agressiv, hayotdan norozi bo’ladi.