66
1
-modda. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan
ozod qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga
o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish
holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 107-
moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir
shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni
ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir
shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-
moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida
badanga
o‘rtacha
og‘ir
yoki
og‘ir
shikast
yetkazish),
113-
moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni
tarqatish), 115-moddasida (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga
majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan o‘z
vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf
ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (shaxsni jinsiy aloqa qilishga
majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz
shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 123-moddasida (ota-onani
moddiy
ta’minlashdan
bo‘yin
tovlash),
125-moddasining birinchi
qismida (farzandlikka
olish
sirini
oshkor
qilish),
126
1
-
moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida (oilaviy (maishiy)
zo‘ravonlik), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga
tegishiga to‘sqinlik qilish), 138-moddasining birinchi qismida (zo‘rlik ishlatib
g‘ayriqonuniy
ravishda
ozodlikdan
mahrum
qilish),
139-
moddasining birinchi va ikkinchi
qismlarida (tuhmat),
140-
moddasining birinchi va ikkinchi
qismlarida (haqorat
qilish),
141
1
-
moddasining birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 141
2
-
moddasining birinchi
qismida (shaxsga
doir
ma
�
lumotlar
to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzish), 143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv,
telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish), 148-
moddasida (mehnat qilish huquqini buzish), 149-moddasida (mualliflik yoki
ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (o‘zlashtirish
yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi
qismida (firibgarlik),
169-moddasining birinchi
qismida (o‘g‘rilik),
170-
moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida
(aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-
moddasida (mulkni
qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish), 173-
moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar
yetkazish), 180-moddasida (soxta
bankrotlik), 181-moddasida (bankrotlikni
yashirish), 185
2
-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan
foydalanish qoidalarini buzish), 189-moddasida (savdo yoki xizmat ko‘rsatish
qoidalarini buzish), 191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni
oshkor
qilish
yoki
undan
foydalanish), 192-moddasida (raqobatchini
obro‘sizlantirish), 229-moddasida (o‘zboshimchalik),
256-
moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda
xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining birinchi qismida (mehnatni
muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining birinchi qismida (tog‘-kon,
qurilish
yoki
portlatish
ishlari
xavfsizligi
qoidalarini
buzish),
259-
moddasining birinchi qismida (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-
moddasining birinchi qismida (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining
harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-
moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish
xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning
xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 277-moddasining birinchi
qismida (bezorilik), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish
yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan
shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan
zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
(66
1
-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-
apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati
tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi
munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-
moddasining to‘rtinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli “Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
(66
1
-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-
avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Dostları ilə paylaş: |