Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
O

XI bob. Jazo tayinlash 
54-modda. Jazo tayinlashning umumiy asoslari 
Jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs 
jazoga tortiladi. Sud ushbu Kodeks Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun 
javobgarlik 
nazarda 
tutilgan 
moddasida 
belgilangan 
doirada Umumiy 
qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi. 
Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik 
darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, 
aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni 
hisobga oladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 
qarorining 28-bandi. 
55-modda. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar 
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi: 
a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon 
bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish; 
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish; 
v) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda 
jinoyat sodir etish; 
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa 
jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish; 
d) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy 
harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir 
etish; 
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib 
jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki 
xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish; 
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi; 
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi; 
i) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida 
jinoyat sodir etish. 


Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni 
ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi. 
Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida 
jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda 
hisobga olinmaydi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin