Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Xizmat bo‘yicha cheklash



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
O

47-modda. Xizmat bo‘yicha cheklash 
Oldingi tahrirga qarang. 


Xizmat bo‘yicha cheklash — harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan 
harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va 
imtiyozlardan mahrum qilib, pul ta’minotining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha bo‘lgan 
miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir. 
(47-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-
dekabrdagi O‘RQ-238-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-
modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Xizmat bo‘yicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus 
qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga 
qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat yoki og‘ir oqibatlarni keltirib 
chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va 
mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga 
ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi o‘rniga shu muddatga 
xizmat bo‘yicha cheklash jazosini qo‘llashi mumkin. 
(47-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-
modda) 
Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash muddati davomida 
mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus unvonini oshirish mumkin emas
jazoni o‘tagan vaqt esa, uning ko‘p yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus 
unvon hamda pensiya olish uchun asos bo‘ladigan xizmat muddatiga qo‘shilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 25-
bobi (“Xizmat bo‘yicha cheklash va qamoq tariqasidagi jazolarni ijro etish”), 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy 
xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida nizom”ning 293 va 294-bandlari. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga 
qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 
6-bandining uchinchi xatboshilari. 
Oldingi tahrirga qarang. 
(48-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-
modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin