Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 51-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi
jazoni umrbod ozodlikdan
mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 5 va 6-
bandlari.
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum
qilish jazosi tayinlanganda jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yoxud yengilroq
jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
(59-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-
sonli Qonuni asosida to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy
Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Jinoyatlar majmui bo‘yicha har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo
tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda
tutilgan qoidalarga amal
qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui bo‘yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar
uchun tayinlangan qo‘shimcha jazolarni ham qo‘shishi mumkin. Bunda muayyan
huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan
muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p
muddatdan
ortiq bo‘lmasligi lozim.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 52-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ish bo‘yicha hukm chiqarilganidan keyin
mahkumning ana shu ish
bo‘yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli
ekanligi aniqlansa ham jazo o‘sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar
majmui bo‘yicha sud tomonidan tayinlangan jazo
muddatiga birinchi hukm
yuzasidan jazoning o‘talgan qismi qo‘shib hisoblanadi.
(59-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-
apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 53-bandi.