63-modda. Jazo muddatlarini hisoblash
Oldingi tahrirga qarang.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha
cheklash, qamoq, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan
mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi.
Jazolarni almashtirish, hisoblash, qo‘shish vaqtida ularning muddatlari sutkalar
bilan hisoblanishi mumkin.
(63-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning muddatlari soatlar bilan
hisoblanadi.
(63-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-
son, 194-modda)
BEShINChI BO‘LIM
JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISh
XII bob. Javobgarlikdan ozod qilishning turlari
64-modda. Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi
munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab —
ikki yil;
b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to‘rt yil;
v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil;
g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — o‘n to‘rt yil o‘tgan
bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
(64-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-
iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm
qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi.
Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki
suddan yashirinsa, muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini
bo‘yniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning o‘tishi qaytadan tiklanadi.
Agar og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda
tutilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning o‘tishi
uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan
kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish
muddatlari o‘tmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun
alohida hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat
sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan
kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi
mumkin emas.
(64-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-
iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum
qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan,
javobgarlikka tortish muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi.
Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod
ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi.
(64-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-
iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining
Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150 — 157-
moddalarida,
158-moddasining birinchi
qismida,
159-
moddasining uchinchi va to‘rtinchi
qismlarida, 160, 161 va 244
2
-
moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan
qo‘llanilmaydi.
(64-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-
iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi
birinchi qismining 1-bandi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 8-
bandi.
Dostları ilə paylaş: |