Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Yengilroq jazo tayinlash



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
O

57-modda. Yengilroq jazo tayinlash 
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy 
kamaytiruvchi holatlarni e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus 
qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning 
eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa 
yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin. 
Sud 
shu 
asoslarni 
e’tiborga 
olib, 
ushbu 
Kodeks Maxsus 
qismining moddasida qo‘llanilishi shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni 
tayinlamasligi ham mumkin. 
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning 
shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning 
jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik 
darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 37 — 39, 42-bandlari. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Oldingi tahrirga qarang. 
57
1
-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganida jazo 
tayinlash 
(57
1
-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi 
O‘RQ-277-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda) 
Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida 
nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 
56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar 
mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus 
qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning uchdan ikki 
qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni og‘irlashtiradigan 
holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm 
(155-moddaning uchinchi qismi) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga 
tatbiq etilmaydi. 


(57
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 18-maydagi O‘RQ-245-
sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 147-modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin