Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha
muddatga tayinlanadi hamda
sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida o‘taladi. Ozodlikni cheklash,
uni mahkumning yashash joyida o‘tash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati
va sud chiqargan qarorni ijro etishdan bo‘yin tovlashning oldini olish hisobga
olingan holda sud tomonidan belgilanadi.
(48
1
-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-
modda)
Qo‘llanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini
hisobga olgan
holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha taqiqlarni (cheklashlarni)
yuklashi mumkin:
muayyan joylarga bormaslik;
ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik;
muayyan faoliyat bilan shug‘ullanmaslik;
muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik;
transport vositasini boshqarmaslik;
mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini,
ish va
(yoki) o‘qish joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga
chiqmaslik;
muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik;
aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik;
alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik.
Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga o‘zi
yetkazgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplash, ishga yoki o‘qishga
joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga ko‘maklashuvchi boshqa
majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash
davrida
o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan,
yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, sud mahkumga
nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilishi
mumkin.
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin
tovlagan, shuningdek sud tomonidan o‘z zimmasiga
yuklangan majburiyatlarni
bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini
boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash
vaqti o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ozodlikni
cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari,
shuningdek
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga
nisbatan tayinlanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 8
1
-
bobi (“Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi