45 1 -modda. Majburiy jamoat ishlari Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat
ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan
yoki o‘qiyotgan bo‘lsa, majburiy jamoat ishlari ishdan yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda
o‘taladi.
Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar
(obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat
qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi.
Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha
bo‘lgan muddatga tayinlanadi va olti oy davomida kuniga to‘rt soatdan ko‘p
bo‘lmagan vaqtda, mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda
esa, bir yilgacha bo‘lgan muhlatda kuniga to‘rt soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda
o‘taladi.
Oldingi tahrirga qarang. Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n olti yoshga
to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor
ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, harbiy
xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekiston Respublikasida doimiy
yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(45 1 -moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17- maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat
ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni
cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda
hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan
almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga
qo‘shib hisoblanmaydi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8- maydagi 346-sonli “Ma’muriy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil
etish tartibi haqidagi nizomni hamda Majburiy jamoat ishlari turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. (45 1 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421- sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)