Ўзбекистоннинг энг янги тарихи Маъруза дарслари


Gaz-kimiyo va yengil sanoat



Yüklə 298,91 Kb.
səhifə23/74
tarix09.10.2023
ölçüsü298,91 Kb.
#153238
növüСеминар
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Хемис учун материал Ўзб энг янги тарихи 1 курс

Gaz-kimiyo va yengil sanoat. 1995-yil oktabr oyida O'zbekiston bilan AQSH ning «ABB Lummus Global» kompaniyasi o'rtasida Sho'rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yildi. Qurilish ishiari 1997-2001 - yillarda amalga oshirildi, majmua qurilishida l milrd. AQSH dollari hajmida sarmoya o'zlashtirildi. 2001- yil dekabrda Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 25 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Yengil va to'qimachilik sanoati tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Paxtani qayta ishlovchi «Qabul-O'zbek», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», «Karakulteks», «Chinoz to'qimachi», «Qabul-Farg'ona», «Oq saroy to'qimachi» qo'shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004- yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xalq ist'emol mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish o'rinlari yaratildi. Agar 1991-yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2004- yilda bu ko'rsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha oshdi.
Mustaqillik yillarida «Zarafshon-Nyumont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qo'ng'irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo'l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko'plab korxonalar bunyod etildi. ”Garvard universiteti tadqiqotlariga ko`ra, mamlakatimiz 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyatlar va nisbiy ustunlikka ega. Ayniqsa, neftgaz-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmastivtika, qurilish matireallari, to`qimachlik, charm-poyabzal, oziq- ovqat hamda ”yashil iqtisodiyot” bilan bo`g`liq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotimiz “drayverlari’ga aylanishi uchun barcha yetarli sharoitlar mavjud”-deb ta’kidladilar Yurtboshimiz 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida.
Don mustaqilligi. Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga e'tibor berildi. Xo'jaliklar ekin ekish sohasida mustaqil bo'ldilar. Respublikada don mustaqifligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo'li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar tegishli suratda qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog'i 1991- yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2000- yilda 42 foizga o'sdi.
Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash izchillik bilan amalga oshirildi. Agar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln. tonna don, shu jumladan, 609,5 ming tonna bug'doy tayyorlangan bo'lsa, 2003-yilda 6,1 mln. tonna don, shu jumladan 5,4 mln. tonna bug'doy yetishtirildi. O'zbekiston g'alla mustaqilligiga erishdi.
Andijon paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtadan sifatli va yuqori hosil yetishtirish imkonini yaratdi.
Iqtisodiyotda barqaror yuksalish. Iqtisodiyot tarkibidagi tub o'zgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi. 1991-2002- yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o'zlashtirildi. 1990- yilda respublika bo'yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992- yilda 94,7 foizga, 1993- yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995- yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996- yildan boshlab barqaror o'sish ta'minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 1997- yilda 106,5 foizga, 1998- yilda 105,8 foizga, 1999- yilda 106,1 foizga, 2000- yilda 106,4 foizga, 2001- yilda 108,1 foizga, 2002-yilda 108,1 foizga, 2003- yilda 108,4 foizga, 2004-yilda 109,4 foiz, 2005- yilda 7,3 ga o'sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko'paydi, iste'mol buyumlari importi kamaydi.
Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995- yillarda pasayib bordi, 1996- yildan boshlab o'sish boshlandi. Oldingi yilga nisbatan 1996- yilda YalM 101,7 foizga, 1997- yilda 105,2 foizga, 1998-yilda 104,4 foizga, 1999- yilda 104,4 foizga, 2000— yilda 104 foizga, 2001- yilda 104,5 foizga o'sdi. 2004-2005 yillarda bu ko'rsatkich 7 foizdan oshib bordi.
Natijada, 2001- yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991- yilga nisbatan 103 foiz o'sishiga erishildi. MDH davlatlari orasida birinchi bo'lib O'zbekiston iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko'rsatkichlari izchil o'sib borayotgan mamlakatdir. 2005- yilda iqtisodiyotning o'sish ko'rsatkichi 2000- yilga nisbatan 30,1 foizini 1991-yilga taqqoslaganda esa 28,2 foizni tashkil etdi. Natijada, O'zbekistonning umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi 50 foizdan oshdi, tashqi savdoda 1,3 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi ijobiy saldoga erishildi.
Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o'zgarib, aholi turmush saviyasi o'sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, izchil o'sish sur'atlari odamlarning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovoniligini yildan-yilga yaxshilanishiga zamin bo'lib, xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi salmoqli darajada o'sdi. Birgina 1999- yilda 4,5 ming km gaz tarmog'I - shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmog'i - shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi.
Jahondagi yetakchi firmalarning havo kemalari bilan ta'minlangan O'zbekiston Havo yo'llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqalarini o'rnatgan, u mustaqillik yillarida 25 millondan ko'p yo'lovchiga xizmat qildi.

Yüklə 298,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin