1.2-jadval Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan berilayotgan foizsiz kredit mablag’laridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari
Komponent nomi
Kredit mablag’i
mln yuan
ming AQSh dollari
Laboratoriya asbob-uskunalari
17,59
2124
Davolash-tashhis qo’yish asbob-uskunalari
9,63
1163
Jarrohlik asbob-uskunalari
0,9
109
O’quv asbob-uskunalari
1,88
227
Hammasi:
30,0
3623
O’zbekistonning mustaqillik sharoitidagi Janubiy Koreya bilan hamkorligining huquqiy asoslarining shakllantirilishi 1991-yil 31-dekabrga to’g’ri keladi. Mazkur sanada Koreya Respublikasi O’zbekistonning mustaqil davlat sifatidagi suverenitetini e’tirof etdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi rasmiy diplomatik aloqalar 1992-yil 29-yanvar kuni o’rnatildi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992-yilning 16-iyunda rasmiy ravishda Janubiy Koreyaga birinchi tashrifini amalga oshirdi. Ushbu tashrif davrida imzolangan kelishuv va shartnomalarda ikki davlat o’rtasidagi hamkorlinking huquqiy asoslariga dastlabki poydevorni qo’ydi deb hisoblash mumkin. Sababi tashrif doirasida keyingi aloqalarning asosiy tamoyillari va yoʻnalishlarini belgilab beruvchi qo’shma Deklarasiya imzolandi. Unda ikki tomon yana bir karra bir-birini mustaqil davlat ekanligini tan olishdi, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmasliq kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan va BMT Nizomidagi tamoyillari asosida hal qilish, davlatlar o’ratisda o’zaro do’stlik munosabatlarini kengaytirish, sanoat, investisiya, savdo, tabiiy resurslarni o’zlashtirish, fan va texnika, transport sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, madaniyat, fan, ta’lim, OAV, sport, turizm sohalarida aloqalarni kengaytirish kabi jihatlar ilgari surilgan edi. Undan tashqari ushba tashrif doirasida fan va texnika, savdo, madaniyat, sayyohlik va boshqa qator sohalarda hamkorlik qilishga haqida kelishuvlar imzolandi.Undan tashqari ikki davlat rahbarlari davlatlar o’rtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun birinchi navbatda elchixonalar tashkil etishga kelishib olishdi. Shunga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi qaroriga muvofiq Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida O’zbekiston Respublikasining Konsullik vakolatxonasini tashkil etildi.Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Koreya Respublikasida O’zbekiston Respublikasi elchixonasi faoliyati yulga qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga asosan, 2014-yilda ikki davlat o’rtasidagi tovar aylanmasi 2016,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, ulardan eksport 143,7 mln. AQSh doll., import – 1872,7 mlrd. AQSh doll. tashkil qildi. Janubiy Koreya tomonidan O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investisiyalarning hajmi 5 mlrd. AQSh doll.dan oshgan.
O’zbekiston-Janubiy Koreya tovar ayirboshlash miqdorida O’zbekistonning eskportining asosini paxta tolasi tashkil qilishini yuqorida aytgan edik (umumiy eksportning 69%ni tashkil qiladi ). Undan tashqari O’zbekiston Koreya Respublikasiga uran, teri va qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qiladi. O’zbekiston bo’lsa Janubiy Koreya importida asosiy urg’uni zamonaviy ilg’or texnologiyalarni olishga qaratgan. Chunki O’zbekiston iloji boricha tayyor mahsulot olishdan ko’ra uni o’zimizda ishlab chiqarishni yulga qo’yishni asosiy maqsad deb biladi. Shuning uchun ham ko’pincha raqobatdardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir bo’lgan texnologiyalarni sotib olishga harakat qiladi. Bu borada Koreya Respublikasi asosiy o’rinlardan birini egallab kelmoqda. Janubiy Koreya tomoni 2020-yilga borganda o’zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd AQSh dollarini yetkazishni mo’ljal qilgan. (Solishtirish uchun Qozog’istonda bu raqam 2 mlrd AQSh dollarini tashkil etishi rejalashtirilgan)Bu raqam Janubiy Koreyaning O’zbekiston bilan strategik hamkorlikka katta e’tibor qaratayotganligini va o’zining asosiy savdo sherigi sifatida qarayotganligini ko’rsatadi.