Zil o L a X u do y ber g a n o V a X a yru lla h a m id o V turk tilining



Yüklə 10,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə268/333
tarix03.09.2023
ölçüsü10,44 Mb.
#141311
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   333
Turk tilining nazariy grammatikasi. Xudayberganova Z, Hamidov X


ILMIYAXBOROT
Hozirgi turk tilshunosligida gapning uyushiq bo‘laklariga 
munosabat, bu sintaktik hodisani baholash farqli ekanini ko‘rish 
mumkin. Aksariyat turk tilshunoslarining tadqiqotlarida umuman 
gap boTaklarining uyushib kelishi alohida sintaktik hodisa tarzida 
ajratilmagan. Ilmiy manbalarning ayrimlarida uyushiq bo‘lakli sodda 
gaplarni qo‘shma gapning turli shakllari deb tushuntirish hollari uch- 
raydi. Ammo nisbatan keyingi ishlarda e§it ogeler - teng b o ia k la r 
atamasi bilan gapning uyushiq bo‘laklari tahliliga yo‘l-yo‘lakay to‘x- 
talib o‘tilganligini ko‘rish mumkin.________ ___ „____________ ___
Turk tilida uyushiq boTaklar o'zaro tenglashtirish ohangi orqali 
yoki teng bog‘lovchilar orqali bog‘lanadi. Bogiovchisiz qo'llangan 
uyushiq boTaklar faol ishiatiladi. Masalan: 
Fatma'mn 
burnunda,
yanaklannda, bileklerinde 
dovmeden siisler vardi. - Fotimcming
burnidan, betlaridan, qo'llaridan g'urralar arimas edi.
Bu gapda 
burnunda - burnida, yanaklannda - betlarida, bileklerinde -
qoTlarida vositali toTdiruvchilari uyushiq holda qo‘llangan, ayni hol- 
larda sanash ohangi uyushtiruvchi vosita sifatida may donga chiqqan.
Uyushib qoTlangan gapbo‘laklari bogiovchiyordamida birikka- 
nida, teng bog‘lovchilarning ma’no turlaridan biri ishiatiladi. Agar 
uyushib kelgan gap boTaklarida tenglashtirish, biriktirish munosabati 
bo‘lsa. turk tilidagi biriktiruv bogTovchisi (ve / va) yoki ushbu bog‘- 
lovchi vazifasida qoTlanuvchi ile /bilan ko‘makchisi ishiatiladi. Ma­
salan: 
Arabi ve Farsiden 
bagka 
inglizce ve Franstzca’y i 
biliyordu.
-A rabcha va forschadan tashqari inglizcha va fransuzcham bilardi,
Bu misolda vositasiz toTdiruvchilar uyushib kelgan bo Tib, o ‘zaro ve/ 
va yordamchi so‘zi vositasida birikkan.
262



Yüklə 10,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin