Bir qarasam, murodimga yetgandayman,
Bir qarasam, ko‘zim ochiq ketgandayman.
Bir qarasam, shon-shuhratga yo‘g‘rilganman,
Bir qarasam, endigina tug‘ilganman.
She’rda anafora san’atining qo‘llanilishi ritmik ohangdorlikni yuza
ga keltirish barobarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalarini yorqin
ifodalashda ham asosiy vosita bo‘lgan.
M ark Tulliy Sitseron o ‘zining “N otiq” nomli asarida ritm o ‘zi
nima? U qachon paydo b o ‘lgan? degan savollar ustida fikr yuritar
ekan, ritm ning dastlabki ixtirochisi sifatida Frasim ax1 va G orgiy2
nom larini tilga oladi. Lekin ritmni am aliyotga tadbiq qilib, uni mu-
kam m allashtirgan kishi Isokrat3 ekanligini ta ’kidlaydi: “Kim da-
kim Isokratdan hayratlansa, o ‘sha odamlar uni tartibsiz nutqqa ritm
(usul)larni kiritgan, deb bu xususiyatni uning oliy fazilati sifatida
k o ‘radilar. Aytishlaricha, u notiqlarni qanchalik ortiqcha jiddiylik
bilan, shoirlarni esa qanday huzur bilan eshitayotganlarini k o ‘rib
ritm (usul)larga m urojaat qildi va nutqlarda yoqim lilik uchun ham,
har xillik bilan zerikishni y o ‘qotish uchun ham ulardan foydalana
boshladi”4.
Tocg ‘ri, Yunonistonda so‘z san’ati, shuningdek, chiroyli nutq
so‘zlashni o ‘rgatuvchi ritorika ilmi antik davrlardayoq rivojlaiigan.
Badiiy adabiyotni, so‘z san’atini tadqiq qiluvchi “Poetika”, “Ritorika”
kabi maxsus asarlaming yaratilishi eramizdan oldingi, qadimgi davrlar-
ga borib taqaladi. Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, turkiy xalqlarda
so‘z san’atining paydo b o‘lishi, xalq qo‘shiqlari, xalq she’riyatining
yuzaga kelishi, ehtimol, undan ham qadimiyroqdir. “Devonu lug‘otit-
turk” asarida keltirilgan ko‘plab qo‘shiqlar buning yorqin namunasi hi
soblanadi. Masalan:
1 Frasimax Xalkidonlik (eradan old. 430 y) - Afinada falsafa va ritorika o'qituvchisi.