She’rxonlik odobi haqidagi mazkur qoidalar har bir talaba uchun dastu-
rulamal bo‘lib xizmat qilishi lozim.
B arm oq vaznidagi sh e ’rla rn i o‘qish
Vazn she’riy nutqni nasriy nutqdan farqlovchi she’riyat asoslaridan
biri bo‘lib, o ‘lchov m a’nosini bildiradi. Binobarin, she’r
ritmik nutq
ekan, she’r tuzilishining asosini m a’lum ritmik birlik (o‘lchov) - hijo
tashkil etadi. She’r misralaridagi hijolaming miqdoriga qarab she’r
tuzilishi k o ‘rinishlari va vazn turlari aniqlanadi.
Chunonchi, o ‘zbek
adabiyotining qadimiy she’r tuzilishi turlaridan bo‘lgan barmoq vazni
dagi she’rlar ritmi uchun hijolaming soni va turoqlar asos bo‘lsa, aruz
vaznidagi she’r tuzilishi uchun qisqa va cho‘ziq hijolaming bir tartibda
kelishi asos b o ‘ladi.
Hijo - bir nafas olish bilan aytiladigan tovush va tovushlar birik-
masidir. Hijo (bo‘g‘in) she’riy nutq o ‘lchovida
dastlabki ritmik birlik
hisoblanadi. Masalan,
т а ’ - na - vi
-
yat
to‘rt hijoli so‘zdir. Aruz
vaznidagi she’rlarda hijo cho‘ziq va qisqa bo‘lsa, barmoq vaznidagi
she’rlarda hijo urg‘uli va urg‘usiz bo ‘ladi. Ifodali o ‘qishda hijoning
mana shu xususiyatlariga alohida e ’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
0 ‘zbek she’riyatida barmoq tizimining to‘rt
hijoli vaznidan tortib,
o‘n olti hijoli vaznigacha bo ‘lgan o ‘n uch turi mavjud. Masalan,
To‘r t hijoli vazn:
K o‘ngil berdim,
Umrim berdim,
Jonim berdim -
Yotsan mango.
Najot kabi,
Umid kabi,
Hayot kabi -
Yodsan mango.
Kulgi kabi,
Shodlik kabi,
Chidam kabi,
Sukut kabi,
0 ‘lim k a b i-
Visol kabi -
Olisdirsan.
Dodsan mango.
( Usmon Azim)
www.ziyouz.com kutubxonasi
Besh hijoli vazn:
Nozik va tam-tam,
Hiyla tortinchoq,
Jimillar biram,
Inju taqinchoq,
K o‘klam elchisi,
Tonglar kuychisi,
Jannatiy isi,
Samoviy tusi,
Yoshlikday suluv -
Binafsha-da shu.
(Mirtemir)
Olti hijoli vazn:
G o‘zallik qizlarda,
U qora ko‘zlarda,
Soz kabi so‘zlarda -
Deganlar yanglishar.
G o‘zallik bir guldir,
Muddati - fasldir.
Yashamoq - asldir,
Siz, biz bor - u yashar.
G o‘zallik ishlayish,
Manglayin terlatish,
G o‘zaldir ungan ish,
Maqtansa yarashar.
( G ‘afur G ‘ulom)
Yetti hijoli vazn:
Osmon uzilib tushdi...
Taqdirimni qoralab,
Men yuribman - osmonning
Parchalarin oralab.
Osmonning
siniqlari
Qonatdi oyog‘imni.
Osmon uzilib tushdi -
Sarg‘aytdi siyog‘imni.
(Usmon Azim)
Sakkiz hijoli vazn:
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo ‘r etding.
K o‘zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko‘krak,
Sevinching toshdi qirg‘oqdan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
(Usmon Nosir)
To‘qqiz hijoli vazn:
Na oltin, na javohir edim,
Armonli bir yosh shoir edim,
Zuhro bo‘lmasang-da husnda,
Men ishqingda naq Tohir edim.
(Mirtemir)
She’mi sevib o ‘qiyman, ammo
Hayron qilar bir holat meni.
“Men”
deb yozar shoir doimo,
Kimdir o ‘sha shoiming “men”i?
Goh muhandis ul, munajjim goh,
Goh o ‘zini tolib deb atar.
Goh muallim, goh sohib dastgoh...
Kasbi ko‘pmi uning shu qadar?
(Erkin Vohidov)
0 ‘n hijoli vazn:
Gulshanda chechak yondi, ko‘rindi:
M as’ud edi, g ‘amsiz va alamsiz.
Qalbimda amal yulduzi kuldi,
Yer qo‘ynida erkin va kadarsiz.
(Hamid Olimjon)
0 ‘n b ir hijoli vazn:
Yellar, bir daqiqa to‘xtang esishdan,
Semavo bulbullar, sayramang bir oz.
Karbalo dashtida yayov kezishdan
Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz.
(Erkin Vohidov)
www.ziyouz.com kutubxonasi