Tayanch tushunchalar
She’riy nutq va hayajonli tafakkur. She’riy nutq va hayotiy kechin-
ma.
She’rxonlik odobi.
Vazn - she’riy nutqni nasriy nutqdan farqlovchi she’riyat asoslari-
dan biri b o ‘lib, o ‘lchov m a’nosini bildiradi.
Hijo - bir nafas bilan aytiladigan tovush va tovushlar birikmasi.
Turoq - hijolardan tashkil topadi va she’r misralaridagi muayyan
ritmik b o ‘lakni hosil qiladi.
'
Savol va topshiriqlar
1. Lirik turga xos asosiy xususiyatlar nimalardan iborat?
2. Husayn Voiz Koshifiy she’rxonlik
odobi deganda nimalami na-
zarda tutadi?
3. Vazn deganda nimani tushunasiz?
4. Barmoq vazniga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
5. Turoq haqida tushuncha bering.
6. Ifodali o ‘qishda turoqning qanday ahamiyati boi?
7. Q o‘shma vaznli she’r deganda nimani tushunasiz?
8. Erkin vaznga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
9. Barmoq vaznidagi she’r bilan erkin vazndagi she’rlaming
o ‘qilishida qanday farq bor?
Adabiyotlar
1. Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonm ard
lik tariqati (fors-tojik tilidan Najmiddin Kornilov tarjimasi). - Tosh
kent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994.
2. Abu Ali ibn Sino. She’r san’ati. - Toshkent: G ‘.G‘ulom nomidagi
adabiyot va san’at nashriyoti. 1980.
3. S.Inomxo'jayev, A.Zunnunov. Ifodali o ‘qish asoslari. -Toshkent:
0 ‘qituvchi, 1978.
4. Sitseron. Notiqlik san'ti haqida ikki risola. (Urfon Otajon tarji
masi). - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ARUZ VAZNIDAGI SHE’RLARNI Q ‘QISH
R eja
1. Aruz vazni va uning o'ziga xos xususiyatlari.
2. Hijo va uning turlari.
3. Ifodali o'qishda hijo va ruknning o ‘mi.
4. “Shifoi vasl qadrin...” g‘azali tahlili.
5. G 'azalni ifodali o ‘qish.
Aruz vaznidagi asarlami ifodali o ‘qish uchun, aw alo , ushbu o ‘lchov
tizimiga xos xususiyatlar haqida m a’lum darajada bilimga ega bo'lish
lozim.
Aruz vaznida yaratilgan xilma-xil janrdagi lirik va epik asarlami
ifodali o ‘qish, ulaming vazn xususiyatlarini tahlil qilish va turli-tuman
o ‘lchovlarni aniqlash malakalarini egallash uchun ham,
mazkur tizim-
ning nazariy jihatlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lish talab etiladi.
“Vazn - badiiy shaklning eng muhim qismlaridan biri. Asar maz-
muni, tanlangan mavzu, ijodkor dilini to‘lqinlantirayotgan muammolar,
badiiy timsollarda mujassamlashtirilayotgan umumbashariy g ‘oyalami
jozibali, ta’sirchan, o'qishli qilib ifodalashda vazn alohida ahamiyatga
egadir” 1. Uzoq tarixga ega bo‘lgan aruz vazni Sharq xalqlari adabi
yotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aruz Yaqin va 0 ‘rta Sharqda keng
tarqalgach, bu she’riyat nazariyasini qabul qiluvchi har bir xalq uni o‘z
tili qonun-qoidalariga moslashga harakat qilgan. Shu sababdan ham,
fors-tojik aruzi, turkiy aruz nomi bilan milliy
tillar fonetikasiga aso-
slangan aruzlar vujudga kelgan. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”
asarining yaratilishi esa, o ‘zbek milliy aruzining shakllanishida muhim
voqea bo'ldi.
Aruz terminining kelib chiqishi va lug'aviy m a’nosi haqida aruz
nazariyasida turli fikrlar mavjud. Bu haqda Alisher Navoiy “Mezon ul-
avzon” asarida shunday m a’lumot beradi: “Bas sobit bo‘ldikim, aruz
fani sharif fandur. Va bukim, ul ilmni nevchun “aruz” dedilar, m uxtalif
ahvol bor. Va ul budurkim, Xalil ibn Ahmad rahmatullohki, bu fanning
voziidur, chun arab ermish va aning
yaqinida bir vodiy ermishki, ani
“Aruz” derlar ermish va ul vodiyda a ’rob uylarin tikib, jilva berib, ba-
www.ziyouz.com kutubxonasi
hoga kiyururlar, g o‘yoki, qiymat va bahosi m a’lum bo‘lur, bu munosa-
bat bila “aruz” debturlar” 1. K o‘rinadiki, Navoiy aruz terminining kelib
chiqishi haqida turli-tuman fikr-mulohazalar mavjudligini ta ’kidlab,
shulardan biri sifatida aruz so‘zi Xalil ibn Ahmad yashagan jo y yaqini-
dagi Aruz vodiysi nomidan olinganini qayd etadi. Va bu vodiyda arablar
chodir uylar tikib, ulami bezatib, bahosini aniqlab sotar ekanlar. Xullas,
VIII asrda yashab, ijod qilgan arab adabiyotshunosi va musiqashunos
olimi Xalil ibn Ahmad asos solgan aruz vazni
ming yillardan beri arab,
fors va turkiy adabiyotlarining asosiy she’riy mezoni sifatida q o ‘llanib
keldi. Aruz vaznining keng tarqalishi va umrboqiyligiga sabab, aw alo ,
uning insoniy hissiyotlami yoqimli musiqiylik va ohangdorlik bilan
ifodalash imkoniyatlarining kengligi bilan belgilanadi.
Aruz arab zaminida shakllangan ekan, u arab adabiyotining aza-
liy an ’analari, arab tilining xususiyatlariga mos kelardi.
Lekin boshqa
xalqlar orasiga tarqalganda aruz ham nazariy, ham amaliy jihatdan
b a’zi o ‘zgarishlarga uchragan. Turkiy tillaming arab va fors tillariga
nisbatan o ‘zgachaligi, xususan, unda cho‘ziq hijolaming nisbatan kam-
roq qo ‘llanishi, qisqa hijolaming ketma-ket kelishi kabi xususiyatlar
turkiy aruzning shakllanishiga sabab boMgan.
Aruz nazariyasiga oid
atrofiicha kuzatishlar olib borgan adabiyotshunos olim Anvar Hojiah-
mcdov o ‘zbek aruziga xos maxsus jihatlar sifatida quyidagi o ‘ziga
xosliklami ko‘rsatadi. “ 1. 0 ‘zbek amzida 19 bahrdan 11 tasi qoMlanadi.
Ular: hazaj, rajaz, ramal, munsarih, m uzori’, mujtass, hafif, sari’, mu-
taqorib, mutadorik, komil bahrlaridir. Arab she’riyatiga xos bo‘lgan vo-
fir, tavil madid, basit, qarib, mushokil, g ‘arib, muqtazab bahrlari o‘zbek
aruzida q o ‘llanmaydi. 2. 0 ‘zbek aruzida qo‘llanadigan bahrlaming
o ‘zbek tili xususiyatlari bilan belgilanadigan vaznlar doirasi mavjud.
Binobarin, she’riyatimizda qo‘llanadigan vaznlar soni va turlari jiha
tidan arab va fors-tojik she’riyatidagi vaznlardan farqlanishi mumkin.
3. 0 ‘zgarishlaming barchasi ham o ‘zbek aruziga mos kelavermaydi,
shuning uchun arab va fors-tojik aruziga xos jam i 44 xil o ‘zgarishning
23 turigina she’riyatimizda qo‘llanadi”2.
Hijo. Aruz vaznining asosini hijolaming sifati tashkil etadi.
Shunga
Dostları ilə paylaş: