Bo’gimning tasnifi I. Qanday tovush bilan tugashiga ko’ra bo’g’in 2 ga bo’linadi.
a) ochiq bo’g’in- unli tovush bilan tugagan bo’g’in o-i-la, ko’-cha-da, i-bo-ra b) yopiq bo’g’in- undosh tovush bilan bilan tugagan bo’g’in mak-tab, o’t-kir, qop-chiq 1. Shuningdek so’zlarda ochiq va yopiq bo’g’inlar aralash holatda qo’llanishi mumkin. Pax- ta, sar-ta-rosh-xo-na, tax-ta 2. Bo’g’in oxirida tutuq belgisining qo’llanishi axamiyatga ega emas, undan oldingi tovushga
qarab bo’g’inning ochiq yoki yopiq ekanligi aniqlanadi. Sa’va, ma’no, a’lo-ochiq bo’g’in;
sur’at, juz’iy, tal’at-yopiq bo’g’in
II. Tarkibiga ko’ra bo’g’in asosan 5 turga bo’linadi.
a) bir unlidan iborat bo’g’in- a-ka, o-i-la b) bir unli va bir undoshdan iborat bo’g’in- bu, ma-na, ol c) bir unli va ikki undoshdan iborat bo’g’in- men, mak-tab, bug’-doy, ost d) bir unli va uch undoshdan iborat bo’g’in- to’rt, stol, do’st e) bir unli va to’rt undoshdan iborat bo’g’in- sport, grand, spirt(faqat ruscha so’zlarda) Ba’zan yuqoridagilardan tashqari istisno holatlar ham bo’lishi mumkin-sprayt III. Urg’uga munosabatiga ko’ra bo’g’in 2 ga bo’linadi.
a) urg’uli bo’g’in
b) urg’usiz bo’g’in - res-pub-li-ka- 2- bo’g’in urg’uli qolgani urg’usiz bo’g’in
Eslatma: Ayrim darsliklarda qanday tovush bilan boshlanishiga ko’ra 2 ga bo’linadi.
a) berkitilmagan bo’g’in- unli tovush bilan boshlanuvchi bo’g’in
b) berkitilgan bo’g’in- undosh tovush bilan boshlanuvchi bo’g’in
o-i-la-miz- bunda 1,2-bo’g’in berkitilmagan; 3,4-bo’g’in berkitilgan
URG’U 1. So’zdagi bo’g’inlardan birining yoki gapdagi so’zlardan birining boshqalariga nisbatan
kuchliroq ohang bilan aytilishi urg’u deyiladi.
2. Urg’uning 2 asosiy ko’rinishi bor
a) so’z urg’usi