Zligi. Energetika xavfsiz


-rasm. O’zbekistonning energetik xavfsi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə2/5
tarix21.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#188018
1   2   3   4   5
7-mavzu

13.1-rasm. O’zbekistonning energetik xavfsizlik modeli.

Mamlakatning energetika xavfsizligini mamlakat fuqarolari, jamiyat, davlat va iqtisodiyot tarmoqlarining arzon va zaruriy sifatga ega bo’lgan yoqilg’i-energetika resurslariga bo’lgan ehtiyojlarini to’laqonli ravishda qondirish borasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan ichki va tashqi omillardan, shu bilan bir qatorda, yoqilg’i-energiya ta‘minotidagi uzilishlardan himoyalanganlik darajasi sifatida baholashimiz mumkin. Tilga olib o’tilgan himoyalanganlik darajasi odatiy sharoitlarda mavjud ehtiyojlarni to’laqonli ravishda qondirilishini, favqulodda holatlarda esa mavjud ehtiyojlarni minimal darajada qondirilishini kafolatlashi lozim. Bu o’rinda shuni e‘tiborga olishimiz lozimki, bugungi kunda himoyalanganlik darajasining ta‘min etilishiga zo’r berilishi, istiqbolda iqtisodiyot tarmoq va sohalarini yoqilg’i- energiya resurslari bilan ta‘minlanishini shubha ostiga qo’ymasligi zarur.


Xalqaro energetik xavfsizlik muammolari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab davlat boshqaruvi organlari, tahlilchilar, amaliyotchilar va olimlarning diqqatini torta boshladi. Shakllanganligiga hali u qadar ko’p bo’lmagan energetika xavfsizligi instituti global xalqaro xavfsizlik majmuida muhim ahamiyat kasb etishi bir qator omillarga bog’liq.
Birinchidan, jahon iqtisodiyotining energetika sektori har qanday mamlakat milliy xo’jaligi tarmoqlarining hayotiy faoliyatini ta‘min etadi va ko’p jihatdan ularning moliyaviy- iqtisodiy natijalari va ko’rsatkichlarning shakllanishiga ta‘sir ko’rsatadi. Tabiiy yoqilg’i-energetika resurslari va energetika sektorining salohiyatidan eng yuqori darajada samarali foydalanish iqtisodiyotning barqaror o’sish sur‘atlarini ta‘minlash va aholi turmush darajasini yaxshilash imkonini beradi.
Ikkinchidan, tabiiy yoqilg’i-energetika resurslari dunyo mamlakatlari bo’yicha notekis taqsimlangan. Uglevodorod resurslariga boy mamlakatlar bilan bir qatorda, bunday resurslarga ega bo’lmagan mamlakatlar ham mavjud. Hatto boy neft va gaz zaxiralariga ega bo’lgan mamlakatlar mazkur zaxiralarni o’zlashtirish va ekspluatatsiya qilish borasidagi ishlab chiqarish xarajatlari va shu bilan birgalikda, energiya resurslari sifati bo’yicha ham bir-birlaridan farq qiladi. Bu, o’z navbatida, yoqilg’i-energetika majmui tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat kurashi borasida ma‘lum bir obyektiv farqlanishlarni keltirib chiqaradi.
Uchinchidan, energiya resurslar iste‘molining uzluksiz o’sib borishi, uglevodorod xomashyosi zaxiralarining qayta tiklanmasligi, jahon iqtisodiyoti mazkur tarmog’ining bir qator o’ziga xosliklari energiya resurslari bozorida raqobat kurashining shiddatli tus olishiga va uning natijasida davlatlar o’rtasida harbiy- siyosiy nizolarning avj olishiga sabab bo’ladi.
Tashqi siyosat borasida O’zbekistonning energetika xavfsizligi muammolari sobiq Ittifoqning tarqalib ketishi va yaxlit yoqilg’i-energetika majmuining alohida milliy tizimlarga ajralib chiqishi oqibatida yanada dolzarblik kasb eta bordi, bu esa o’z navbatida, mamlakat yoqilg’i-energetika majmuasiga tashqi iqtisodiy va siyosiy omillarning ta‘sirining kuchayishiga olib keldi:
1) sobiq ittifoq respublikalarining yoqilg’i-energetika majmui bozorlari avvallari yaxlit bitta ichki bozorni tashkil etgan bo’lsa, endilikda ular ichki bozordan tashqi bozorga aylanadi;
2) markazdan qochirma‖ harakatlarning avj olishi yangidan tashkil topgan mustaqil davlatlar yoqilg’i-energetika resurslarini yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilishlari
natijasida yoqilg’i-energetika resurslarini yetkazib berish borasidagi avvaldan mavjud aloqalarga chek qo’yildi;
3) yaxlit infratuzilmaning barbod bo’lishi va sobiq ittifoq respublikalari orqali Yevropa bozorlariga yoqilg’i-energetika resurslarini yetkazib berishda tranzit muammolarining vujudga kelishi.
Energiya resurslarining tashqi bozorida raqobatning kuchayishi sharoitida O’zbekiston ortida katta davlatlarning manfaatlari turuvchi yirik transmilliy kompaniyalarning kuchli iqtisodiy bosimiga duch kelmoqda. Bu kabi omillarning barchasi energetika sektorida mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ta‘minlash sohasida aniq va puxta o’ylangan davlat siyosatini olib borishni taqozo etadi.
Tashqi xavf-xatarlar. Umuman olganda, dunyo neft va gaz bozori tomonidan mamlakatning energetika xavfsizligiga xavf soluvchi xatarlarning vujudga kelishiga olib keluvchi iqtisodiy hamda siyosiy tusdagi sabablar va omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) bozorlardagi nobarqarorlik;
2) ayrim xorijiy davlatlar yoki ularning hamjamiyatlarining
xalqaro yoqilg’i-energetika resurslari va ularni qazib olish bozorlarida mamlakatga nisbatan kamsituvchi va ayrimachi xatti- harakatlarning amalga oshirishi;
3) xorijda neft va gaz konlarini o’zlashtirishda O’zbekiston kompaniyalarining ishtirok etishiga to’sqinlik qilish;
4) dengiz yo’llarida kemalarning erkin qatnovi to’g’risidagi konvensiyani bajarmaslik, tranzit davlatlar hududidagi tranzit quvurlarni yopib qo’yish, mamlakatdan eksport qilinuvchi neft va gaz resurslarini tashish borasida cheklovlar o’rnatish;
5) boshqa davlatlar hududi orqali tranzitga asossiz ravishda yuqori tariflar belgilash;
6) harbiy to’qnashuvlarning kelib chiqish ehtimoli.
So’nggi yillarda dunyo energetika bozorida yuz berayotgan
jarayonlar, mamlakatlar o’rtasida energiya resurslar borasida yuzaga kelayotgan ziddiyatlar energetika borasida o’ziga xos energetika diplomatiyasini yo’lga qo’yishni, milliy energetika kompaniyalarining manfaatlarini xalqaro maydonda faol qo’llab- quvvatlash zarurligini ko’rsatmoqda.
Markaziy Osiyoning energetika balansida O’zbekistonning mavqeini mustahkamlash, suvni iste‘mol qilishning resurs samaradorligi modeliga o’tish va umuman iqtisodiyotning energiya
jihatidan samaradorligini
oshirish, xususan:

  • kichik derivatsion GESlar va yordamchi infratuzilmani qurish;

  • quyosh,shamol yokibiochiqindilar singari energiyaning tiklanadigan manbalaridan generatsiyalashtiruvchi issiqlik yoki elektr stansiyalari qurish;

  • elektr energiyasiga ichki talab qondiriladigan Markaziy Osiyoda suv-energetika konsorsiumi yaratish ishlari;

  • Atom energetikasida loyihalarni rivojlantirish (Rossiya, Fransiya va Xitoy bilan birgalikda);

  • energiyani sanoat yo’li bilan saqlash tizimini ishlab chiqish;

  • elektr generatsiyasini markazlashtirishdan chiqarish tizimini joriy etish (Smart Grid);

  • qo’shilgan qiymat ulushi yuqori bo’lgan samarali va barqaror energetika tizimini yaratish;

  • energiyaning tiklanadigan manbalari va atom energetika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

  • asbob-uskunalar ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilishining salmoqli darajasi va energiyaning tiklanadigan manbalarini texnologik rivojlantirish.

  • O’zbekistonning elektroenergetika tarmog’ida xalqaro kompaniyalar paydo bo’ladi.

Energetika xavfsizligi borasida ichki xavf-xatarlar quyidagilarning mavjudligi bilan bog’liqdir:
1) yoqilg’i-energetika majmuasi asosiy fondlari eskirish darajasining yuqoriligi (elektroenergetika va gaz sanoatida eskirish 60%, neftni qayta ishlash sanoatida 80 %ni tashkil etadi);
2) yoqilg’i-energetika majmuasini rivojlantirishga yo’naltirilayotgan investitsiyalar salmog’ining pastligi;
3) mamlakat iqtisodiyoti va energetikasining tabiiy gazga haddan ziyod bog’liqligi, yoqilg’i-energetika resurslarining ichki iste‘moli tarkibida tabiiy gazning ulushi qariyb 53 %ni tashkil etadi;
4) mamlakat yoqilg’i-energetika majmuasi ishlab chiqarish salohiyatining bu borada jahonda erishilgan daraja va ekologik standartlarga to’g’ri kelmasligi;
5) Orolbo’yi hududida energetika infratuzilmasining sust rivojlanganligi.
Milliy darajada energetika xavfsizligini ta‘minlash uchun, eng avvalo, ikkita dolzarb muammoni hal etish lozim. Birinchidan, yoqilg’i-energetika majmuining ko’p jihatdan
eskirgan texnologik bazasini modernizatsiya qilish va energiya resurslar ishlab chiqarish hajmining barqarorligiga erishish maqsadida resurs bazasining takror ishlab chiqarilishini ta‘minlash zarur. Joriy o’n yillikda investitsiyalarning cheklanganligi bois (faqat neft tarmog’idan tashqari) birinchi navbatda, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari (ularning xizmat muddatlarini uzaytirish imkoniyatlarini inobatga olgan holda) texnologik jihatdan modernizatsiya qilinadi, keyinchalik esa ilg’or mahalliy va bizning sharoitlarga mos keluvchi xorijiy texnologiyalardan foydalanilgan holda ular tubdan rekonstruksiya qilinadi va yangi quvvatlar barpo etiladi.
Ikkinchidan, yoqilg’i-energetika resurslarining iste‘moli tarkibi va ularni ishlab chiqarishni joylashtirishni tubdan qayta ko’rib chiqish talab etiladi. Atom va gidro energetika, ko’mir iste‘molini ko’paytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishga o’tish, yangi uglevodorod zaxiralarini izlab topish va ularni o’zlashtirish ko’zda tutilgan. Mamlakat va hududiy darajada amalga oshiriluvchi davlat energetika siyosati maqsad va usullarining yaxlitligini ta‘minlash energetika xavfsizligiga erishish va yoqilg’i-energetika majmuini barqaror rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Ijro hokimiyati organlari yoqilg’i-energetika majmuasining samarali faoliyat ko’rsatishini ta‘minlash va yoqilg’i-energetika sohasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida me‘yoriy- huquqiy bazani ishlab chiqadilar; Respublika energetika tizimi atom energetikasi faoliyatini direktiv tartibda muvofiqlashtiradi va nazorat qiladilar; energetika obyektlari va inshootlarining samarali va xavfsiz ishlashi borasida standartlar, xavfsizlik me‘yorlari va texnik shartlarni belgilaydilar va ularga rivoya etilishi ustidan davlat nazoratini o’rnatadilar; foydali qazilma konlari va yoqilg’i-
energetika majmui subyektlari faoliyatini litsenziyalaydilar; qonunchilik hujjatlari asosida va shuningdek, kompaniyalar va aksionerlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlariga egalik qilish orqali tabiiy monopoliyalarning faoliyatini tartibga soladilar.
Xomashyo va resurslarning yetarli ekanligi milliy iqtisodiyot va aholining energiya resurslari bilan uzluksiz ta‘minlash imkoniyatlari bilan belgilansa, mavjud narxlar sharoitida ta‘minotning rentabelligiga erisha olish-iqtisodiy jihatdan hammaboplikni ifoda etadi. Ekologik va texnologik jihatdan yo’l qo’yish mumkin bo’lgan chegara esa, energetika obyektlarining xavfsiz faoliyat ko’rsatishini belgilab beruvchi texnik va ekologik cheklovlar doirasida energiya resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish va iste‘mol qilish imkoniyatlarini anglatadi.
2030-yilgacha bo’lgan O’zbekistonning energetika strategiyasini amalga oshirish natijasida energetika xavfsizligi to’laligicha ta‘minlandi. Shu bilan birgalikda mamlakat energetika tizimidagi mavjud muammolarning o’ziga xos aksi bo’lgan ayrim hududlardagi energetika xavfsizligini ta‘minlash borasidagi lokal tavsifdagi qisqa muddatli buzilishlar bartaraf etiladi.
Energetik xavfsizlik holatini monitoring qilish. 2030-
yilgacha mo’ljallangan energetik strategiyasida energetik xavfsizlikni ta‘minlash borasida quyidagi indikatorlar zarurligi ko’zda tutilgan:

  • energetika xavfsizligi;

  • iqtisodiyotning energetik samardorligi;

  • energetikaning iqtisodiy va byudjet samaradorligi;

  • energetikaning ekologik xavfsizligi.

2030-yilgacha bo’lgan energetik strategiyada O’zbekiston iqtisodiyoti va mamlakat yoqilg’i-energetika majmuini rivojlantirishning bir nechta bosqichlari ajratib ko’rsatilgan.
Birinchi bosqich inqirozdan chiqish va yangi iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi iqtisodiy asos yaratish bosqichi hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich innovatsion taraqqiyot va yangi iqtisodiyotning infratuzilmasini shakllantirish bosqichi sanaladi.
Birinchi bosqichda asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar va amaliyotga joriy qilingan bir qator me‘yoriy-huquqiy hamda institutsional o’zgarishlar natijasi sifatida yoqilg’i-energetika
majmui va butun iqtisodiyot tarmoq sohalarida energiya
samaradorlikni yalpi tarzda oshirish ikkinchi bosqichning muhim
vazifasi hisobalanadi.
Uchinchi bosqich innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish bosqichidir.
An‘anaviy energiya resurslaridan yanada samarali foydalanish bilan bir qatorda yangi energiya manbalarini izlab topish va ularni olish texnologiyasini takomillashtirishga tayangan holda,
yuksak texnologik imkoniyatlar darajasiga ega bo’lgan kelajak energetikasiga bosqichma-bosqich o’tish mazkur bosqichning asosiy mazmunini tashkil etadi. Ushbu bosqich 2030-yilga qadar amalga oshiriladi.
2030-yilga borib iqtisodiyotda elektr energiyasining prognozlashtiriladigan iste‘moli 1,8 baravar, tabiiy gaz - 1,7 baravar, yoqilg’i-moylash materiallari iste‘moli - 2,1 baravar ko’payadi. Konsepsiya doirasida 2030-yilgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishni 117,2 mlrd kVt soatgacha ko’paytirish (2020-yilga taqqoslaganda o’sish 1,9 baravar), shu jumladan, muqobil yoqilg’ilar va energiya manbalari hisobiga 30 foizgacha ko’paytirish nazarda tutiladi, elektr energiyasi tannarxi 6 foizga, tabiiy gaz tannarxi 30 foizga pasayadi.
Quyidagilar 2030-yilgacha tarmoqni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari hisoblanadi:

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin