O‘rtacha muddatli istiqbolda (2020-2025-yillar) 1. Faoliyatning potensial raqobatli (gaz, neftni qayta ishlash mahsulotlari, elektr energiyasini xususiy operatorlarga sotish) va monopol (qazib olish, generatsiya, magistral tarmoqlar orqali uzatish, dispetcherlik boshqaruvi tizimi) sohalarini aniq ajratgan holda korxonalarni tarkibiy o’zgartirishning yo’nalishlarini belgilab yoqilg’i-energetika kompleksini bozorga xos isloh qilish strategiyasini amalga oshirish.
2. Energetika sohasida davlat boshqaruvi va xo’jalik faoliyati funksiyalarini chegaralash, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish, tarif siyosatini amalga oshirishning aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish va shu asosda sog’lom raqobat muhiti prinsiplarini ilgari surish.
3. Respublika ichki iste‘molchilarini tabiiy gaz bilan ishonchli ta‘minlash maqsadida gaz-transport tizimini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda gazning eksport hajmlarini kengaytirish.
4. Gazni sanoat yo’li bilan qayta ishlash uchun bo’shatish maqsadida yoqilg’i-energetika kompleksining ishlab chiqarish tuzilmasini diversifikatsiyalash jarayonini chuqurlashtirish.
5.Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda sanoat
chiqindilari va maishiy chiqindilardan foydalanish texnologiyalarini rivojlantirish yoqilg’i-energetika resurslarining xomashyo bazasini diversifikatsiyalash, zararli chiqindilarni kamaytirish va qimmatroq yoqilg’ini iste‘mol qilishni qisqartirishning samarali usuliga aylanishi mumkin. Ushbu trendni rivojlantirish "Chiqindilar to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni amalda bajarilishini ta‘minlaydi.
6. Issiqlik va elektr energiyasining yangi avtonom manbalarini ishlab chiqish va joriy etish, quyosh energiyasi singari tiklanadigan, muqobil energiya manbalarini joriy etishni tezlashtirish, kombinatsiyalashtirilgan siklli integratsiyalashtirilgan quyosh-issiqlik elektr stansiyalarini, bioenergetikani joriy etish va shu kabilar.
7. Ulgevodorod xomashyoni chuqur qayta ishlash bo’yicha texnologik rekonstruksiya qilish va yangi quvvatlarni faol ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish, yoqilg’i- energetika kompleksining qayta ishlovchi tarmoqlarini rivojlantirishda innovatsiyalarni faol joriy etish.
8. Neft va gaz quduqlarini burg’ulash, uglevodorodlarni qazib olish, tashish va qayta ishlash tizimlari, shuningdek, iqtisodiyotning turdosh tarmoqlari uchun yuqori texnologik asbob-uskunalarni o’zlashtirish va ishlab chiqarishni nazarda tutadigan importning o’rnini bosish nomenklaturasi va hajmlarini kengaytirish.
9. Elektr energiyasi va tabiiy gazni tashish va pirovard iste‘molchiga sotish jarayonlarida blokcheyn tizimini joriy etish.
10.Neft-gaz konlarining zaxiralari zarur o’sishini ta‘minlaydigan yangi konlarni (shu jumladan, slanets uglevodorodlar konlarini) ishga tushirish va neft-gaz konlaridan olinadigan samara koeffitsiyentlarini salmoqli ravishda ko’paytirish.
11. Energiyaning tiklanadigan manbalari kompleksida, shu jumladan, kichik shaharlarda gaz-porshen qurilmalarini qo’llagan holda yopiq issiqlik ta‘minotining boshqariladigan tizimlari bilan uyg’unlikda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan qurilmalarni joriy etish. Bu elektr va issiqlik yuklamalari jadvallarini mahalliy tartibga solish, mintaqalarni energiya bilan barqaror ta‘minlash, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda birlamchi energiya xarajatlarini pasaytirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishning kombinatsiyalashtirilgan sxemasi bilan 1 MVt va undan ortiq quvvatli qozonxona stansiyalarini loyihalashtirish va qurish amaliyotini joriy etish.
12. Tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida qulay muhit yaratgan holda iqtisodiyot subyektlari o’rtasida energetika bozorini va iqtisodiy o’zaro munosabatlarni shakllantirish.