A1+
orasta kiyinish, maktabi, sinfidagi jihozlarni avaylab asrash, odob-axloq
qoidalariga rioya qilish;
milliy bayramlarni bilish.
1-mavzu. Tanishuv. (1 soat, A1+: 2 soat)
Lug‘at: O‘zbek tilida salomlashish va xayrlashishga oid so‘zlar: assalomu
alaykum, xayr; men, sen, u, biz, siz, ular – kishilik olmoshlari; bu – ko‘rsatish
olmoshi; kim? nima? – so‘roq olmoshlari, atoqli otlar.
Nutq namunalari: – Bu kim? – Bu men. – Siz kimsiz? – Ism familiyangizni
ayting. – Ismim Alisher. – Familiyam…
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash:
A1
men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, bu ko‘rsatish olmoshi; kim?
nima? so‘roq olmoshlari, salomlashish va xayrlashish, tanishuvga oid savollarni
tinglab tushuna oladi.
A1+
salomlashish va xayrlashish, tanishuvga oid savollarni tinglab tushuna oladi.
2-3-mavzu. A, O, N harflari. (2 soat, A+:3 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Talaffuz qilish: Aa, Oo, Nn tovushlari, bosh va kichik harflari, bu harflar
ishtirokidagi faol so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olish.
O‘qish: A, O, N harflari ifodalagan tovushlarni farqlay olish. Bu harflar
orqali ifodalanuvchi so‘zlarni to‘g‘ri o‘qiy olish.
Yozish: Aa, Oo, Nn bosh va kichik, bosma va yozma harflarini to‘g‘ri yoza
olish. Ushbu harflardan so‘zlar tuzib, yoza olish.
4-5-mavzu. T, M harflari. (2 soat, A1+: 3 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Talaffuz qilish: Tt, Mm tovushlari, bosh va kichik harflari, bu harflar
ishtirokidagi faol so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olish.
Dostları ilə paylaş: |