Nazorat ishi: test. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat )
47-49-mavzu. Yil fasllari. (3 soat, A1+: 5 soat)
Lug‘at: yil, kun, tun, fasl, qish, bahor, yoz, kuz, issiq, sovuq, iliq, uzun,
qisqa kabi mavzuga oid tayanch so‘zlar (1 soat);
bir, to‘rt, bo‘ladi, bor so‘zlari,
nechta? qancha? so‘roqlari (1 soat),
hozir, keyin, keladi so‘zlari (1 soat)
Nutq namunalari: bir yil, to‘rt fasl, kun uzun, tun qisqa, qish sovuq, yoz
issiq, kuz iliq; Bir yilda nechta fasl bor? Bir yilda to‘rt fasl bor? Hozir qaysi fasl?
Hozir … fasli?
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid tayanch so‘zlar va so‘z
birikmalarini, nutq namunalarini tushuna oladi, nechta? qancha? so‘roqlariga javob
bera olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlarni, nechta?
qancha? so‘roqlarini to‘g‘ri talaffuz qila olish va yoza olish.
50-52-mavzu. Hafta kunlari. (3 soat, A1+: 4 soat )
Lug‘at: oy, hafta, kun, dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba,
juma, shanba, yakshanba, kecha, bugun, erta, ertaga, indin, ish kuni, dam
olish kuni; to‘rt, yetti, birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi,
oltinchi, yettinchi, kecha, bugun, ertaga kabi tayanch so‘zlar (2 soat);
nechanchi? qaysi? so‘roqlari (1 soat)
Nutq namunalari: bir oy, bir hafta yetti kun, yakshanba dam olish kuni; Bir
oy necha hafta? Bir haftada necha kun bor? Bir haftada yetti kun bor. Bugun
haftaning qaysi kuni? Dushanba haftaning nechanchi kuni? Dushanba haftaning
birinchi kuni.
Dostları ilə paylaş: