Nutq namunalari: Bu qanday bog‘? Bu olmazor. Bu bog‘da turli xil olmalar
o‘sadi. Bu qanday anor? Bu shirin anor. Ana u nokmi? Yo‘q, bu behi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid so‘zlar, berilgan savollarni
tushunib, javob bera olish, “Mevalar” rasmi asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
hamma, barcha olmoshlarini to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va
faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza olish.
10-12 ta so‘zdan iborat lug‘at diktanti, o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha 16-
24 ta so‘zdan iborat diktantni yoza olish.
Nazorat ishi: diktant. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
20-22-mavzu. Sabzavotlar. (3 soat, A1+: 4 soat)
Lug‘at: poliz, sabzavotlar, sabzi, piyoz, kartoshka, lavlagi, pomidor,
bodring, karam, qovoq, qovun, tarvuz, handalak kabi tayanch so‘zlar; yangi
uzilgan, achchiq, og‘ir, yengil, ko‘m-ko‘k, sap-sariq, dumaloq, yo‘l-yo‘l, qip-
qizil, foydali kabi belgi bildiruvchi so‘zlar (2 soat); usti, ichi so‘zlari (1 soat).
Nutq namunalari: Sabzavotlar qayerda o‘sadi? Sabzavotlar polizda o‘sadi.
Polizda sabzi, piyoz, kartoshka, lavlagi, pomidor, bodring, karam, qovoq kabi
sabzavotlar pishadi. Kuzda yana nimalar pishadi? Kuzda…
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid so‘zlar, berilgan savollarni,
audiovizual vositalar yordamida eshittirilgan gaplar ma’nosini tushuna olish, tasdiq
yoki inkor so‘zlardan foydalanib, mavzuga oid dialogik suhbatlarda qatnasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qila olish, o‘zbek tilidagi nutq tovushlarini so‘z tarkibida ona
tilidagi tovushlardan farqlagan holda o‘qiy olish, o‘rganilgan so‘zlar, so‘z
birikmalarini to‘g‘ri ko‘chirib yozish, o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha 4-6 ta
sodda yig‘iq gapdan iborat matnni ko‘chirib yoza olish.
Dostları ilə paylaş: |