Lug‘at: Yangi yil, archa, o‘yinchoqlar, bayram, sovg‘a, qo‘shiq, raqs,
chiroqlar, Qorbobo, Qorqiz; quvnoq, yasatdik, bezatdik, raqs tushdik, she’r
aytdik, sovg‘a oldik, hamma, birga kabi faol so‘zlar.
Nutq namunalari: Yangi yil bayrami boshlandi. Archamizni o‘yinchoqlar
bilan bezadik. Archa atrofida niqob kiygan bolalar o‘ynadi. Anvar tulki bo‘ldi….
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid so‘zlar, berilgan
savollarni
tushunib, ularga javob
bera olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va so‘z
birikmalarini to‘g‘ri talaffuz qila olish va yoza olish.
33-35-mavzu. Sanaymiz. (3 soat, A1+:4 soat)
Lug‘at: bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n; o‘n bir,
o‘n ikki, o‘n uch, o‘n besh, o‘n to‘qqiz, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish,
yetmish, sakson, to‘qson, yuz kabi sanoq so‘zlar;
Nutq namunalari: bir–bitta, ikki–ikkita, uch-uchta, o‘n, yigirma, o‘ttiz,
qirq, ellik, oltmish, yuz, ikki yuz kabi faol sanoq so‘zlarni otlar bilan qo‘llash:
Xonada nechta deraza bor? Xonada to‘rtta deraza bor. Nechta o‘g‘il bola bor?
To‘qqizta o‘g‘il bola bor.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: sanoq so‘zlar (1 soat),
nechta? qancha?
so‘roq so‘zlari (1 soat),
-ta qo‘shimchasi (1 soat) O‘tilgan
grammatik vositalar
asosida savollarga javob bera olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: sanoq sonlar va sonli birikmalarni to‘g‘ri
talaffuz qila olish va yoza olish.
Dostları ilə paylaş: