Muomala odobi: Murojaatlarga javob berish odobi.
Adabiy o‘qish: Til haqidagi maqollar, rivoyatlar, matnlar, she’rlar.
Nazorat ishi: test. (1 soat) Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A2+: 4 soat) 15-16-mavzu. Mening sinfdoshlarim. (2 soat, A2+: 3soat) Leksika: sinfdoshlar, sinf sardori, baland bo‘yli, aqlli, tirishqoq, juda quvnoq, yoqimtoy qiz, a’lo baholar, o‘qiydi, qiziqadi, yaxshi ko‘raman kabi
tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Kelishik qo‘shimchalarining ko‘makchilar bilan qo‘llanishi
(1soat). Ayrim ko‘makchilarning kelishik qo‘shimchalariga ma’nodoshligi (1
soat).
Muomala odobi: Hol-ahvol so‘rash.
Adabiy o‘qish: do‘stlik mavzusidagi matnlar, kichik hikoyalardan parchalar,
rivoyatlar, she’rlar, maqollar.
17-19-mavzu. Oltin kuz. (3 soat, A2+: 4 soat) 156
Leksika: kuz, tabiat, oltin kuz, sariq barglar, oltindek mevalar, burkanadi, bog‘lar va polizlar, mo‘l hosil, yig‘im-terim vaqti, mevalar va sabzavotlarkabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: O‘rin-payt kelishigi (1 soat). -da qo‘shimchasining talaffuzi va
imlosi (2 soat).
Muomala odobi: Iltimos qilish.
Adabiy o‘qish: mavzuga oid suhbatlar, maqol va hikmatlar, hikoyalardan
parchalar, she’rlar.
Nazorat ishi: matn yaratish. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. (1 soat) 20-21-mavzu. To‘garak mashg‘ulotlari. (2 soat, A2+: 3 soat) Leksika: to‘garaklar, mashg‘ulotlar, o‘zbek tili to‘garagi, she’rlarni ifodali o‘qish, matematika to‘garagi, masala yechish, bir oyda, masalaning yarmi, chorakam to‘rt, ikki yarim kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.