hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 shaxsiy rejalarini tuza olish, hisob-kitob bilan ish yuritish;
fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish. A2+ aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish;
1-3-mavzu. Poytaxtim – faxrim. (3 soat, A2+: 4 soat) Leksika: poytaxtimiz, muhtasham binolar, favvoralar, yangi turar- joylar, keng ko‘chalar, mustahkam ko‘priklar, obodonlashtirish, go‘zal xiyobonlar, metro bekatlari, milliylik va zamonaviylik kabi tayanch so‘zlar va
birikmalar.
Grammatika: So‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari (1 soat). Sodda yasama
so‘zlar (2 soat).
Adabiy o‘qish: Vatanimiz, poytaxtimizni obodonlashtirish bilan bog‘liq
adabiy matnlar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar. 4-5-mavzu. Mahallam. (2 soat, A2+: 4 soat) Leksika: mahalla, qo‘shnilar, mehr-oqibat tufayli, orasta ko‘chalar, ariqlar, oqar suvlar, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, hasharlar, mahallamiz oqsoqoli, mahalla faollari kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: So‘z yasovchi qo‘shimchalar (1soat), ularning so‘zga
qo‘shilish tartibi (1 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid adabiy matnlardan parchalar, rivoyatlar,
maqollar, suhbatlar va she’rlar. 169
6-8-mavzu. Ustozlar. (3 soat, A2+: 4 soat) Leksika: ustoz muallim, ta’lim bergan ustozim, birinchi ustozim, ilk saboq bergan, to‘g‘ri yo‘lga boshlagan, ustoz - otangdan ulug‘, ustozimga rahmat kabi so‘z birikmalari.
Grammatika: Qo‘shma so‘zlar (1 soat), ularning yasalishi va imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish: Ustozlar mavzusiga oid adabiy matnlar, rivoyatlar, maqollar,
she’rlar.