Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


Leksika: kasblar, hunar egallash, hunarmandlik, kasbga qiziqish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

Leksika: kasblar, hunar egallash, hunarmandlik, kasbga qiziqish, 
 
 
san’atkorlik, shifokorlik, o‘qituvchilik, kasbim–faxrim, ustoz va shogir 
an’anasi kabi so‘z va birikmalar. 
Grammatika: Gap bo‘laklarining uyushib kelishi (2 soat). Umumlashtiruvchi 
so‘zlar va ularning imlosi (1 soat). 
Ish qog‘ozi: Ariza.
Adabiy o‘qish: kasblar, kasb tanlash haqidagi matnlar, suhbatlar, maqollar. 
 
Nazorat ishi: matn yaratish. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
 
45-47-mavzu. Yaxshilik unutilmaydi. (3 soat, A2+: 5 soat) 
Leksika: yaxshilik, yaxshi ish, yaxshi nom, yordam bermoq, ezgu ishlar, 
Xotira va qadrlash kuni, xotirlamoq kabi so‘z va birikmalar. 
Grammatika: Kirish so‘zlar va kiritmalar (2 soat), ularning gapda qo‘llanishi 
(1 soat). 
Adabiy o‘qish: Xotira va qadrlash, yaxshilik haqidagi matnlar, maqollar va 
she’rlar.
48-49-mavzu. Orzular qanotida. (2 soat, A2+: 5 soat) 
Leksika: orzular, orzuga yetishish, ezgu maqsad sari, imtihonlar, 
akademik litsey, kasb-hunar kolleji talabasi kabi so‘z va birikmalar. 
Grammatika: Undalmalar (1 soat), ularning qo‘llanishi va imlosi (1 soat). 
Adabiy o‘qish: mavzuga oid matnlar, suhbatlar, maqollar va she’rlar. 
 
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar 
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish): 
A2 
audio-video vositalar orqali eshittirilgan xabarlar, ommabop va kundalik 
hayot mavzusidagi yangiliklarni tushuna oladi; 
o‘rganilgan mavzularda o‘zaro suhbatlasha oladi va bahslarda ishtirok eta 
oladi; 
suhbat jarayonida murojaat etish shakllarini, muomala odobi (etiket) 
elementlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi va fikrga munosabat bildira oladi; 
186 


suhbatdoshining gapini bo‘lish, suhbatga qo‘shilish va unga aniqlik kiritish, 
nutqini sekinlashtirishga undash vositalaridan foydalana oladi; 
ommabop materiallarni (gazeta, shaxsiy va elektron xatlar) o‘qib tushunadi va 
mazmunini so‘zlay oladi; 
o‘rganilgan matnlar asosida 1300 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi; 
matnni (badiiy asardan parcha, hikoya, xabar) bir daqiqada 70-75 so‘z 
tezligida o‘qiy oladi; 
70-80 so‘zdan iborat matn asosida diktant; 90-100 so‘zli matn asosida bayon 
yoza oladi; 11-15 gap hajmida matn tuza oladi; 
ayrim ish qog‘ozlarini (ariza, tarjimai hol, e’lon, tushuntirish xatini) yoza 
oladi. 
A2+ 
ko‘rgan yoki eshitgan voqea-hodisani, hikoya, ertak, matn mazmunini gapirib 
bera oladi, unga munosabat bildira oladi; 
o‘zbek tiliga xos nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin