Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
o‘z uyi, maktabi, yashash joyini qadrlash;
do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.
A1+
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi va
h.k.) tejab foydalanish;
kun tartibiga amal qilish.
A1+
tejamkorlikka rioya qilish;
kun tartibiga amal qilgan holda kundalik ish rejasini tuza olish.
1-2-mavzu. Maktabimiz. (2 soat, A1+:4 soat)
Lug‘at: maktabimiz, bino, o‘quvchi, o‘qituvchi, sinf xonalari, kompyuter
xonasi, kutubxona, ustaxona, sport zali, devor, yo‘lak, hovli, bog‘, darvoza
kabi tayanch so‘zlar va keldik, o‘qiymiz, yozamiz, o‘ynaymiz, ovqatlanamiz
kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar; qavatli, shinam, keng, yorug‘, eng, juda, ko‘p
kabi belgi bildiruvchi so‘zlar, taklif-istakni ifodalovchi xush kelibsiz so‘zi.
Nutq namunalari: Bu maktab binosi. Men shu maktabda o‘qiyman.
Maktabimiz to‘rt qavatli. Yo‘laklari keng va yorug‘. Maktabimizda sinfxonalar
ko‘p. Biz maktabda o‘qish va yozishni o‘rganamiz.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid so‘zlarni, berilgan savollarni
tinglab tushunish va ularga javob bera olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza olish.
3-4-mavzu. Sinfimiz. (2 soat, A1+: 3 soat)
Lug‘at: sinf, qatorlar, kitob javoni, yozuv taxtasi, o‘qituvchi stoli,
suratlar, sinf burchagi, devorda, kitob javonida, qo‘ng‘iroq, dars, mashq kabi
tayanch so‘zlar; yonida, ichida, ustida, oldida, o‘rtada, o‘ng tomonda, chap
Dostları ilə paylaş: |