Nazorat ishi: diktant. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. (1 soat) 8-10-mavzu. Ob-havo. (3 soat, A1+:4 soat) Lug‘at: ob-havo, ochiq, iliq, mayin shabada, qattiq shamol, salqinlashdi, soviydi, isiydi, kechalari, kunduzi, osmon, qoplandi kabi mavzuga oid tayanch
so‘zlar (1soat); kecha, bugun, ertaga, hozir, kechasi, kunduzi, kechqurun, keyin kabi paytni bildiruvchi so‘zlar (2 soat).
Nutq namunalari: Ob-havo qanday? Ertalab havo ochiq. Kechqurun salqin
bo‘lyapti.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar Tinglab tushunish va so‘zlash: ob-havoga oid so‘zlar, ular bo‘yicha berilgan
savollarni tushunib javob bera olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza olish.
135
11-13-mavzu. Kuz. (3 soat, A1+: 4 soat) Lug‘at: kuz fasli, havo, kunlar, barglar, shamol, bulut, yomg‘ir, dalalar, bog‘lar, polizlar, hosil, dehqonlar, yig‘im-terim kabi tayanch so‘zlar (1soat);
sarg‘ayadi, to‘kiladi, qisqaradi, soviydi, pishadikabi harakat-faoliyatni
bildiruvchi so‘zlar (1soat); mo‘l, shirin-shakar, salqin, tez-tezkabi belgi
bildiruvchi so‘zlar (1 soat). Nutq namunalari: Kuz qanday fasl? Kuzda havo qanday bo‘ladi? Kuzda
havo salqin bo‘ladi va kunlar soviydi. Kuzda nimalar pishadi? Kuzda mevalar
pishadi va yig‘im-terim boshlanadi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid so‘zlar, berilgan savollarni
tushunish va javob bera olish; tasdiq yoki inkor so‘zlardan foydalanib, mavzuga
oid dialogik suhbatlarda qatnasha olish, rasm mazmunini savollar va tayanch
so‘zlar asosida so‘zlab bera olish.