anglash, ulardan ta’sirlanish, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak
olishga
intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
A2+
badiiy asarlarda aks etgan tarixiy, ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini
to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ay olish hamda
tushuntirib bera olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
aniq hisob-kitoblarga asoslangan
holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy
rejalarini tuza olish;
shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yurita
olish;
kundalik
faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni
o‘qiy olish va undan foydalana olish.
A2+
inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va
qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘la
olish hamda ulardan foydalana olish.
Ta’kidlash joizki, me’yoriy hujjatlarni yuritishda
tayanch va
fanga oid
kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
I. TK-tayanch kompetensiya
7. TK1-kommunikativ
kompetensiya
8. TK2-axborotlar bilan ishlash
kompetensiyasi
9. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
10. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
11. TK5-milliy va umummadaniy kompetensiya
12. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi
Dostları ilə paylaş: