Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yozuvchi tarjimai holi va adabiy asarni 
sinfda o‘qish, o‘rganish bilan birga, asarlarni mustaqil o‘rganish va sinfdan 
tashqari o‘qishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bu yerda mavzuviylikka, 
syujetlilikka nisbatan ko‘proq ahamiyat beriladi. O‘quvchilarning ijodiy o‘y-
xayollarini, individual imkoniyatlarini badiiy asarlardagi yuksak badiiyat va 
takrorlanmas san’atkorona tasvirlar orqali kengaytirish asosiy o‘rin tutadi. 
O‘quvchilarda adabiy asarni tahlil qilish, adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish 
malakasi shakllantiriladi. Garchi badiiy asarlarning har birini o‘rganishda tarixiy-
estetik tamoyillarga to‘la tayanilsa-da, ularni izchil xronologik tartibda emas, balki 
muayyan mavzular (ruknlar) ko‘lamida o‘rganiladi. 
Uzviylik va uzluksizlik dastur tayangan asosiy tayanch nuqtalaridan biridir. 
Ayrim so‘z ustalari nomlarining takrorlanishi ularning e’tiroflari, shuningdek, 
asarlaridagi yuksak badiiy-estetik g‘oyalarning san’atkorona ifodalariga 
bog‘liqligini alohida ta’kidlash joiz.
50 


Albatta, buncha katta davrdagi adabiy jarayonning barcha mavzulari istisnosiz 
tarzda o‘rganilmaydi. Balki ular tegishli pedagogik-didaktik talablar doirasida 
saralanib o‘rganiladi. Bunda asosiy g‘oyalar quyidagilardan iborat: 
• asosiy urg‘u yuksak badiiylik talabalariga to‘la javob beradigan asarlarga 
qaratiladi; 
• ushbu bosqichda mumkin bo‘lgan darajada adabiy-estetik xususiyatlariga 
ko‘ra oldingi bosqichlarda takrorlanmaydigan ijodkorlar va badiiy asarlar tanlab 
olinadi; 
• ularni o‘rganishda ekstensiv emas, balki intensiv usulga ustuvorlik beriladi. 
Bunda asarlarning miqdorini nisbatan kamroq qilib, har bir asarni o‘rganishga 
ajratilgan vaqt imkoniyatini ko‘paytirishga harakat qilingan. 
Bu har bir asarning o‘ziga xos badiiy olami bilan kengroq va chuqurroq 
tanishish imkonini tug‘diradi, undagi shakllarning mazmuniy jihatlari (tovush va 
so‘zlarning qo‘llanishi, badiiy asarning qurilishi, yozuvchi va asar uslubi, badiiy 
so‘z poetikasi va b.)ni teranroq ilg‘ash uchun sharoit yaratadi, asarda aks etgan 
ijodkor dunyoqarashining, nuqtayi nazarining o‘ziga xosliklari bilan yaqindan 
tanishishga imkon beradi.
Dasturda alohida olingan nisbatan “qiyinroq” va “murakkabroq” asarlarning 
bevosita tarixiy-adabiy, tarixiy-madaniy, ijtimoiy-tarixiy hodisalar bilan 
aloqadorlikdagi tahlilining ko‘zda tutilganligi o‘quvchilarning umumiy adabiy 
jarayon haqidagi yaxlit va nisbatan tizimli tasavvurlarining shakllanishiga imkon 
beradi.
Ta’limning turli bosqichlarida o‘rganish uchun saralab olingan asarlarga 
qo‘yiladigan asosiy mezonlar sifatida ularning yuksak badiiyati, insonparvarlik 
yo‘nalishi, o‘quvchi shaxsining yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda uning 
kamoloti uchun ko‘rsata oladigan ijobiy ta’siri, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga 
uyg‘unligi, milliy va jahon adabiyoti tarixida tutgan o‘rni singari belgilar asos qilib 
olinadi.
Chuqurlashtirilgan maktab (sinf)larda adabiyot fanini kengroq o‘rganish 
maqsadida o‘quv dasturida qo‘shimcha ikki soat vaqt ajratilgan. Bu ikki soatning 
bir soati (34 soat) oddiy sinflar (A2) uchun tuzilgan o‘quv dasturi mavzulari 
tarkibida berildi, ya’ni 5-sinfda A2: 102 soat; A2+: 136 soat davomida o‘rganiladi. 
Ajratilgan ikkinchi soatda esa, 5-6-sinflarda “Ifodali o‘qish”, 7-9-sinflarda esa, 
“Notiqlik san’ati” yondosh dasturlari o‘rganiladi.
Badiiy asarlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda fanga oid 
kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi nazarda 
tutiladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin