2-3-mavzu. Maqollar. (2 soat)
Maqollar xalq og‘zaki adabiyoti namunasi sifatida. Maqollarda xalq milliy
tafakkurining aks etishi. Maqollarning shakliy tuzilishi, ularga xos
qisqalik,
ta’sirchanlik, teranlik kabi xususiyatlar haqida ma’lumot. Maqollarning
kishilarni
ezgu insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash vositasi ekanligi. Maqollarning
mavzu
doirasi. Vatanparvarlik, do‘stlik, ilm va kasb-hunar, oila, odob, tarbiya haqidagi
maqollar.
Xalq og‘zaki ijodi tushunchasi.
4-mavzu. Topishmoqlar. (1 soat, A2+:2 soat)
Topishmoq xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos janri sifatida. Topishmoqlarda
inson va uni o‘rab olgan olamning o‘xshatishlar, taqqoslashlar, savollar vositasida
ifodalanganligi. Ularning shakliy tuzilishi. Topishmoqlarning
savol va javob
qismlari bilan birgalikda bir butun asarni tashkil etganligi.
5-7-mavzu. Ezop. “Yovvoyi echkilar”, “Kiyik bilan tokzor”, “Bo‘ri bilan
laylak”, “Eshak bilan baqalar”, “Ustiga tuz yuklangan eshak”, “Burgut,
zag‘cha va cho‘pon” masallari. (3 soat)
Qadimgi yunon masalchisi Ezop hayoti to‘g‘risidagi rivoyatlar. Ezop
masallarining insoniyat ma’naviyati, ma’rifiy tafakkuridagi o‘rni. Masallarda
ezgulik, saxiylik, olijanoblik singari g‘oyalarning
ilgari surilgani.
“Yovvoyi echkilar”, “Kiyik bilan tokzor”, Bo‘ri bilan laylak”, “Eshak bilan
baqalar”, “Ustiga tuz yuklangan eshak”, “Burgut, zag‘cha va cho‘pon”
masallarida
do‘stga sadoqat, yaxshilikka yaxshilik bilan
javob qaytarish, do‘st-dushmanning
kimligini
farqlash lozimligi, boshqa hayotiy masalalarning
ramziy obrazlar orqali
talqin etilishi.
Masalchilikning shakllanishi va taraqqiyotida Ezop ijodining ahamiyati. Ezop
masallarining tarbiyaviy roli. Nazariy ma’lumot. Masal haqida tushuncha.
Dostları ilə paylaş: