Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


-18-mavzu. Hamid Olimjon. “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni. (3 soat)



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

16-18-mavzu. Hamid Olimjon. “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni. (3 soat) 
Hamid Olimjon hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Uning “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni syujeti va obrazlar tasviridagi o‘ziga 
xoslik. Dostondagi asosiy qahramonlar. Dostonda ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi 
kurash tasviri. Asarning badiiy xususiyatlari. Asar tilining sodda va ravonligi.
Adabiy ertak haqida tushuncha 
19-20-mavzu. Shukrullo. “Umr haqida ertak”. (2 soat) 
Shukrulloning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Uning “Umr haqida ertak” asarining syujeti va obrazlar tasviridagi o‘ziga 
xoslik. She’riy ertakdagi asosiy qahramon. Ertakdagi ezgulik tasviri. Asarning 
badiiy xususiyatlari. Asar tilining sodda va ravonligi. 
Mavzu. “Ota vasiyati” ertagi. (A2+: 2 soat) 
Ertakning syujeti va kompozitsiyasi. Uning asosiy qahramonlari. Ota va 
o‘g‘illar: ikki katta akadagi manfaatparastlik, ochko‘zlik va xudbinlikning 
qoralanishi. Kenja o‘g‘il qiyofasida otalar o‘gitiga sadoqat, mehribonlik, mardlik, 
tantilik xislatlarining ulug‘lanishi. Ertakdagi sehrli vositalar obrazi. Ertakning 
56 


asosiy g‘oyaviy va badiiy xususiyatlari. Ertak qahramonlarining o‘ziga xosligini 
ko‘rsatishda dialogning o‘rni.
Nazariy ma’lumot: Sehrli ertaklar. 
Mavzu. A.S. Pushkin. “Shoh Saltan haqida ertak”. (A2+: 3 soat)
Ijodkor haqida qisqacha ma’lumot. Ertakda mehr va mehrsizlik, yaxshilik va 
yomonlik, to‘g‘rilik va egrilik hamda ularning oqibati qanday natijaga olib 
kelganligi. Yaxshilik va ezgulik tantanasining ertakda mahorat bilan 
ifodalanganligi.
 
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 
 
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon 
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
A2 
ertak va masallar asosida ishlangan videotasvir va filmlarni ko‘rib, tinglab 
tushuna oladi; 
maqol, topishmoq, masal va ertak namunalarini o‘qiy oladi; 
ularning mazmun-mohiyatini tushuna oladi; 
masal va ertaklar syujetini qayta hikoya qila oladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin