Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi A2 asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlarini
tushuntira oladi. A2+ xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotidan o‘rganilgan
asar qahramonlarini farqlay oladi va ularga xos sifatlarni aytib bera oladi.
Nazorat ishi: Test topshiriqlari asosida. (1 soat) Takrorlash: (1soat) Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat) O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan asarlar: Alisher Navoiy. “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlar.
Boburning ”Har kimki vafo qilsa...”, “Kim yor anga ilm tolibi...” ruboiylari.
Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari.
V. VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR (14 soat, A2+: 9 soat) 61-62-mavzu. Abdulla Avloniy. “Vatanni suymak” (“Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridan) lavhasi, “Vatan” she’ri. (2 soat) AbdullaAvloniy hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.
“Turkiy Guliston”dagi she’riy va nasriy lavhalarda Avloniyning go‘zal odob-
axloqqa, yaxshilikka mayl, yomonlikdan hazar, el-yurtga, Vatanga muhabbat
tuyg‘ularining ifoda qilinganligi. “Vatanni suymak” asarida inson tug‘ilib o‘sgan
zaminning qadr-qimmatini sodda bir uslubda tushuntirib berganligi. Bu g‘oyaning
Vatan haqidagi nasriy lavha pafosi bilan uyg‘unligi.
63-65-mavzu. Erkin Vohidov. “Nido” dostoni. (3 soat, A2+: 4 soat) Erkin Vohidov hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia.
“Nido” dostonida insoniyat boshiga tushgan falokat – Ikkinchi jahon urushi
keltirgan balolarning murg‘ak o‘smir taqdirida qoldirgan izning aks ettirilishi.
Dostonda bola tabiatining g‘oyat nozik jihatlari haqqoniy tasvirlanganligi. Doston
nomining ramziyligi.