“O‘zbekiston” qasidasida ona yurt o‘tmishining g‘oyat ta’sirli va millat tarixi
bilan uyg‘un holda tasvirlanganligi. Asarda buyuk ajdodlarni ulug‘lashdagi
samimiyat. Shoirning Vatanga bo‘lgan muhabbatining yorqin ifodalanishi.
Qasidaning badiiy xususiyatlari. Ifodali o‘qish mashqi.
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili.
(2 soat)
69-71-mavzu. Anvar Obidjon. She’rlar. (3soat)
Anvar Obidjon hayoti va ijod haqida qisqacha ma’lumot.
Shoirning she’riy to‘plamlari. “Hayotning har lahzasi go‘zal”, “Vatanjon”,
“Tinch kun”, “Yer” nomli she’rlaridagi samimiy tuyg‘ular ifodasi. She’rlarning
badiiy xususiyatlari, tasvir vositalari.
72-74-mavzu. Nodar Dumbadze. “Hellados” hikoyasi. (3 soat, A2+:5 soat)
Gruzin adibi Nodar Dumbadzening hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Adibning
qator roman, qissa va hikoyalarining o‘zbek tiliga tarjima
etilganligi. “Hellados” hikoyasida bolalar hayoti, ular orasidagi
murakkab
munosabatlar tasviri. Asardagi vatanparvarlik tuyg‘usining o‘ziga xos
tarzda ifoda
etilishi.
Asardagi voqealar rivoji va undagi qahramonlar tasviri. Yanguli va Jamol
timsollari. Ularning o‘xshash va farqli jihatlari tasviri. Bu timsollarning
xarakter
darajasiga ko‘tarilganligi. Yanguli tabiatida jangarilik, olijanoblik hamda
vatansevarlik tuyg‘ularining mavjudligi.
Mavzu. Hamza Imonberdiev. “Ohu”, “Sehrli mehr” she’rlari. (A2+:3 soat)
Shoirning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Uning she’rida go‘zallik
va ezgulik timsoli bo‘lmish
ohuning hayotiga tahdid etib, uni qasoskorga
aylantirgan odamlar va jonivorlar munosabati tasviri. She’rlarning o‘ta samimiy va
ishonarli tasvirlanganligi.
Dostları ilə paylaş: