Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


-57-mavzu. Bobur. Ruboiylar. (4 soat , A2+: 5 soat)



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

54-57-mavzu. Bobur. Ruboiylar. (4 soat , A2+: 5 soat) 
Boburning hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia. 
Bobur – ruboiynavis. Shoirning “Har kimki vafo qilsa...”, “Kim yor anga ilm 
tolibi...”, “Ko‘pdin berikim...”, “Tole yo‘qi jonimg‘a...” ruboiylariga xos 
xususiyatlar. Ruboiylarda muallif hayoti, shaxsiyati, kechinmalari, orzulari, 
armonlari va ularning betakror tarzda tasvir etilgani. Ruboiylarda shoirga xos 
samimiyat va rostgo‘ylikning aks etishi (2 soat). 
Shoirning “Ko‘rdum”, “Kishi” radifli ruboiylarida hayot haqiqatining aks 
etishi. “Ko‘ngli tilagan murodig‘a...”, “Tole yo‘qi...” va boshqa ruboiylarida Bobur 
tarjimai holiga doir unsurlarning yaqqol namoyon bo‘lishi (2 soat). 
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)  
58-60-mavzu. Sa’diy Sheroziy. “Guliston” asari. (3 soat, A2+:4 soat) 
Sa’diy Sheroziy haqida qisqacha ma’lumot.
“Guliston” asarining badiiy-ma’rifiy xususiyatlari. “Guliston” – o‘zbek 
tarjima adabiyotining yetuk namunasi sifatida.
Sa’diy hikoyatlarida ta’lim-tarbiya masalasining hal qiluvchi masala sifatida 
qo‘yilishi. Ularda to‘g‘riso‘z, qanoatli, mehnatkash, halol kishilar taqdirining aks 
ettirilishi. Dostondagi she’riy lavhalar va hikoyatlarning hayotiy-didaktik asosi. 
Dostonning o‘zbek adabiyoti rivojidagi ahamiyati. 
 
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon 
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
A2 
badiiy asarlar asosidagi audiomatn, videotasvir va filmlarni ko‘rib, tinglab 
tushuna oladi; 
nasriy va she’riy asarlarni ifodali o‘qiy oladi;
ularning mazmun-mohiyatini tushuna oladi; 
badiiy asarlar syujetini qayta hikoya qila oladi; 
ular asosida kichik insho yoza oladi. 
A2+ 
61 


badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini 
ijro eta oladi; 
ifodali o‘qishda to‘g‘ri nafas olish, to‘xtam, ritm, tembr va urg‘uning 
ahamiyatini tushuna oladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin