Ўзр вазирлар Маҳкамасининг



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

 
II. 
O‘YLARIMNING CHEKSIZ OSMONI 
(10 soat, A2+: 9 soat) 
 
9-10-mavzu. Asqad Muxtor. “Yulduzim”, “Tug‘ilish”, “Yo‘l”, 
“O‘zimniki emas bu umr...”, “Bir tup o‘rik” she’rlari. (2 soat) 
Asqad Muxtorning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Asqad Muxtor she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari. “Yulduzim”, 
“Tug‘ilish”, “Yo‘l”, “O‘zimniki bu umr..” she’rlarida shoir ruhiy olamining 
ifodalanishi. Bu she’rlarda yashashdan maqsad xalq va jamiyat oldidagi 
mas’uliyatni his etib yashash va o‘zidan yaxshi iz, yaxshi nom qoldirish, degan 
g‘oyaning badiiy mujassamlanishi. Asqad Muxtor she’rlaridagi fikr va tuyg‘u 
uyg‘unligidagi o‘ziga xoslik. Bu she’rlarning badiiy xususiyatlari. 
Nazariy ma’lumot. She’r vaznlari haqida. 
11-13-mavzu. Mirmuhsin. “Me’mor” romanidan parcha. (3 soat, A2+: 5 
soat) 
78 


Mirmuhsin hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Asarda XV asr 
voqealarining tasvirlanganligi. Asar qahramonining sidqidildan xizmat qilganligi, 
muhtasham binolar qurib, hukmdorlar shuhratiga shuhrat qo‘shganligi, har qancha 
qiyinchilikka uchrasa-da, o‘z qarashlariga, e’tiqodiga sodiq qolganligi. Me’mor 
taqdiri orqali iste’dodli kishilar timsolining berilishi. Asardagi Najmiddin Buxoriy 
timsoli.
Nazariy ma’lumot. Roman va uning turlari.
 
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili.
 (2 soat A2+: 3 soat) 
Nazorat ishi: Test. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat) 
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat A2+: 2 soat)  
 
14-15-mavzu. O‘lmas Umarbekov. “Qiyomat qarz” hikoyasi. (2 soat) 
Yozuvchi hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. “Qiyomat qarz” 
hikoyasida aks ettirilgan inson kechinmalari, iztiroblari tasviri, hikoyadagi insoniy 
qadriyatlar talqini. Asarda millatga xos samimiylik, soddalik, bag‘rikenglik va 
irodalilikning ifodalanishi. Hikoya qahramonining qarzdorligi, kechinmalari va 
iztiroblarining haqqoniy tasvirlanganligi. Sarsonboy ota timsoli. Hikoyaning 
ahamiyati va ifoda tarzi. Hikoya orqali millatga xos halollik, o‘zganing haqidan 
qo‘rqish kabi insoniy sifatlarning ulug‘lanishi.
Nazariy ma’lumot. Hikoya haqida.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin