Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


-29-mavzu. Asqad Muxtor. “Chinor” romani. (3 soat, A2+: 5 soat)



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

27-29-mavzu. Asqad Muxtor. “Chinor” romani. (3 soat, A2+: 5 soat)
Asqad Muxtorning nasriy ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
“Chinor” romani adibning ijodidagi yangi bosqich sifatida. Romanning 
yetakchi qahramonlari va kompozitsion o‘ziga xosligi. Akbarali qismati haqidagi 
fasl “Chinor” romanining eng dramatik sahnalaridan biri ekanligi. Asarda insoniy 
ojizlik, loqaydlik, qo‘rqoqlik, irodasizlik fojiaga olib kelishi mumkinligining 
ishonarli tasvirlab berilgani. Lahzalik qo‘rqoqlik sababli Bektemirning o‘limiga 
sabab bo‘lgan Akbaralini vijdon azobi tinimsiz ta’qib etishi va oxir-oqibat 
halokatga olib kelishi. Bu voqea tasviridagi samimiylik va ta’sirchanlik. Akbarali 
ruhiy olamining teran tasviri. Romanning yuksak tarbiyaviy ahamiyati.
Nazariy ma’lumot. Roman haqida.
30-32-mavzu. Said Ahmad. “Ufq” romanidan parcha. (3 soat, A2+: 5 
soat) 
Yozuvchining “Ufq” trilogiyasi haqida ma’lumot.
Romanda Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbek xalqi hayotining haqqoniy 
tasvir etilishi. “Hijron kunlarida” kitobining bosh qahramoni Ikromjon – murakkab 
taqdirli shaxs. Beshafqat urushning asar qahramonlari taqdiridagi izlari. 
Yozuvchining xarakter yaratishdagi milliy o‘ziga xosligi. Asardagi tabiiylik va 
ruhiy tahlil. Roman tilining jozibadorligi. Asarning tarbiyaviy ahamiyati.
Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)
33-mavzu. Ozod Sharafiddinov. “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” 
maqolasi. (1 soat, A2+: 2 soat) 
Adabiyotshunosning hayoti va ijodiy faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. 
Adibning o‘zbek madaniyati, fani va publitsistikasi rivojiga qo‘shgan ulkan 
hissasi. O. Sharafiddinovning ijodda va hayotda halollik, prinsipiallik, adolatlilik 
singari qadriyatlarni yuksak tutgani. 
Adibning “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” maqolasida ilgari surilgan 
g‘oyalar. Vatan tuyg‘usi, Vatan oldidagi farzandlik burchini anglash masalalari O. 
Sharafiddinov talqinida. Bu borada muallifning o‘zi va zamondoshlari oldiga 
qo‘ygan talablari. Maqolaning bugungi yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin