Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


-35-mavzu. To‘ra Sulaymon. “Iltijo”, “Armon”, “Tavallo”, “Gul bir



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

34-35-mavzu. To‘ra Sulaymon. “Iltijo”, “Armon”, “Tavallo”, “Gul bir 
yon, chaman bir yon” she’rlari. (2 soat) 
Shoirning hayot va ijod yo‘li haqida qisqacha ma’lumot. To‘ra Sulaymon 
she’rlarining xalqchilligi. “Iltijo” she’rida hayotga, tiriklikka bo‘lgan muhabbat 
tasviri. Bahor obrazi tasviridagi tuyg‘ular rang-barangligi. “Armon” she’ri 
shoirning hayotiy qarashlari, e’tiqodlari mujassam bo‘lgan asar sifatida. “Tavallo” 
she’rida onalarga xos bo‘lgan ajoyib fazilatlarning tarannum etilishi. “Gul bir yon, 
chaman bir yon” she’rining ohangdorligi, unda lirik qahramon tuyg‘ularining 
samimiy ifodalanishi. 
36-38-mavzu. Shukur Xolmirzayev. Hikoyalar. (3 soat, A2+: 5 soat) 
Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. “Ot egasi”, 
“Omon ovchining o‘limi”, “Xumor” hikoyalarida inson va tabiat o‘rtasidagi 
uyg‘unlikning ifodalanishi. Hikoyalarining syujeti, kompozitsion qurilishi va 
badiiy xususiyatlari. Adib hikoyalarida tarixiy davrga xos voqealar bayoni. 
93 


 
Takrorlash: (1 soat) 
Nazorat ishi: Test topshiriqlari. (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi. (1 soat, A2+: 2 soat) 
 
39-40-mavzu. Shavkat Rahmon she’rlari. “Tungi manzara”, “Tong ochar 
ko‘zlarin...”, “Oy sinig‘i”, “Anorga qasida”, “Muhabbat”, “Jangda o‘lgan 
emas biror bahodir”, “Qodiriy va yoshlar”, “Baxt so‘zi” she’rlari. (2 soat, 
A2+: 4 soat) 
Shavkat Rahmon hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. Shoir 
she’riyatining yetakchi xususiyatlari. Shoir she’riyatining asosiy mavzulari. “Tungi 
manzara”, “Tong ochar ko‘zlarin...”, “Oy sinig‘i” kabi she’rlaridagi lirik qahramon 
tabiati. “Muhabbat”, “Jangda o‘lgan emas biror bahodir”, “Qodiriy va yoshlar”, 
“Baxt so‘zi” va boshqa she’rlarida shoirning o‘ziga xos qarashlarining ifodalanishi. 
Shoir poetik mahorati, she’rlarining badiiy latofati.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin