1- LABORATORIYA ISHI RAQAMLI TEXNIKA NEGIZ ELEMENTLARINI TADQIQ ETISH Ishning maqsadi.
Raqamli texnika negiz elementlari va ularning prinsipial sxemasini tadqiq etish. Eksperimental yo‘l bilan KM 555 LI1 mikrosxemasi yordamida uzatish xarakteristikasi, parametrlarini aniqlash, grafigi bilan tanishish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo‘lgan, nol va bir yoki “rost” va “yolg‘on” so‘zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo‘llaniladi. Biror sonlarni qayta ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma'lum kombinasiyasi ko‘rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini ta'riflash uchun maxsus matematik apparat lozim bo‘ladi. Bunday matematik apparat Bul algebrasi yoki Bul – mantiqi deb ataladi. Uni irland olimi D. Bul ishlab chiqqan.
Umumiy holda, mantiqiy ifodalar har biri 0 yoki 1 qiymat oluvchi х1, х2, х3, … хn mantiqiy o‘zgaruvchilar (argumentlar)ning funktiyasi hisoblanadi. Agar mantiqiy o‘zgaruvchilar soni n bo‘lsa, u holda 0 va 1 lar yordamida 2n ta kombinatsiya hosil qilish mumkin. Masalan, n=1 bo‘lsa: x=0 va x=1; n=2 bo‘lsa: х1, х2 =00,01,10,11 bo‘ladi.
Har bir o‘zgaruvchilar majmui uchun u 0 yoki 1 qiymat olishi mumkin. Shuning uchun n ta o‘zgaruvchini turli mantiqiy funksiyalarga o‘zgartirish mumkin, masalan, n=2 bo‘lsa 16, n=3 bo‘lsa 256, n=4 bo‘lsa 65536 funktsiya.
n o‘zgaruvchining ruxsat etilgan barcha mantiqiy funksiyalarini uchta asosiy amal yordamida hosil qilish mumkin:
- mantiqiy inkor (inversiya, EMAS amali), mos o‘zgaruvchi ustiga “–” belgi qo‘yish bilan amalga oshiriladi;
- mantiqiy qo‘shish (dizyunksiya, YOKI amali), “+” belgi qo‘yish bilan amalga oshiriladi;
- mantiqiy ko‘paytirish (konyunksiya, HAM amali), “•” belgi qo‘yish bilan amalga oshiriladi.
Ifodalar ekvivalentligini ifodalash uchun “=” belgisi qo‘yiladi.
Mantiqiy funksiyalar va amallar turli ifodalanish shakllariga ega bo‘lishlari mumkin: algebraik, jadval, so‘z bilan va shartli grafik (sxemalarda). Mantiqiy funksiyalarni berish uchun mumkin bo‘lgan argumentlar majmuidan talab qilinayotgan mantiqiy funksiya qiymatini berish yetarli. Funksiya qiymatlarini ifodalovchi jadval haqiqiylik jadvali deb ataladi.
1.1, 1.2 va 1.3 – jadvallarda ikkita o‘zgaruvchi х1, х2 uchun mantiqiy amallarning algebraik va jadval ifodasi keltirilgan.
Inversiya amali haqiqiylik jadvali
1.1 –jadval