1. Atmosfera haqida tushuncha. Atmosferaning tuzilishi va tarkibi
21-MAVZU: ATMOSFERA. ATMOSFERANING TUZILISHI VA TARKIBI. HAVO MASSALARI
Reja
1. Atmosfera haqida tushuncha. 2. Atmosferaning tuzilishi va tarkibi.
3. Ozonning hosil bo‘lishi, yemirilish sabablari, tabiatga ta’siri.
4.Havo massalari. 1. Atmosfera haqida tushuncha.Atmosfera (grekcha atmos – bug‘, sphoira – shar) sayyoramizning havo qobig‘idir. Atmosferaning koinot bilan chegaradosh yuqori qismi ekzosfera yoki tashqi atmosfera deb ataladi va 2 – 3 – ming km. balandlikkacha davom etadi. Yuqori atmosferada shu qatlamlardan tarqalgan yengil elementlar – vodorord va geliy atomlarining koinotga tarqalib ketishi sodir bo‘ladi.
Yer yuzasida havo og‘irlik kuchi ta’sirida ushlab turiladi. Yer yuzasida havoning zichligi 1,275 kg/m3. Balandlikka ko‘tarilgan sari havoning zichligii kamayib boradi: 5 km. balandlikda havoning zichligi 0,735 kg/m3, 10 kmda 0,411 kg/m3, 20 kmda 0,087 kg/m3, 300 km. balandlikda esa zichlik Yer yuzasidagi zichlikdan 100 mlrd. marta kam, 2 – 3 ming km. balandlikda esa havoning zichligi fazoning zichligiga tenglashib qoladi.
Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati juda katta. U Yerni qattiq isib va sovib ketishidan, metioritlardan va Quyoshdan keladigan zararli nurlardan saqlaydi.
2. Atmosferaning tuzilishi va tarkibi. Atmosferada yuqoriga ko‘tarilgan sari havoning zichligi va harorati o‘zgarib boradi. Shu munosabat bilan atmosferada ma’lum bir xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida qatlamlar vujudga kelgan. Bular troposfera, strotosfera, mezosfera, ionosfera va ekzosferadir
Troposfera - geografik qobiq tarkibiga to‘la kiradi va Yerning ta’sirida isiydi. Troposferaning qalinligi o‘rta hisobda 10 – 11 km. bo‘lib, u havoning Yer yuzasida isishi natijasida hosil bo‘ladigan ko‘tarilma oqimning balandligi bilan belgilanadi. Havo ekvatorial o‘lkalarda 16–17 km.gacha, mo‘’tadil o‘lkalarda 10–11 km.gacha, qutbiy o‘lkalarda 7–8 km.gacha ko‘tariladi. Troposferaning yuqori chegarasi ana shu balandliklardan o‘tadi.
Troposferada atmosfera massasining 80%i to‘plangan. Yerning tortish kuchi va gazlar qisilishi tufayli havo Yer yuzasida yukorida aytganimizdek, juda zich bo‘ladi. Shuning uchun quyi besh kilometrlik qatlamda atmosfera massasining 50%i to‘plangan.1
Havoning Yer yuzasidan qaytgan issiqlik hisobiga isishi troposferada ko‘tarilma va pastlama havo oqimlarini vujudga keltiradi. Bunday oqimlar konvektiv oqimlar deb ataladi. Konvektiv oqimlarining yo‘nalishi (yuqori va past), ularning kechish sur’ati vaqt va makonda ancha tez o‘zgarib turadi. Natijada Yer yuzasi yaqinida murakkab va o‘zgarib turadigan barik tizim, ya’ni yuqori va past bosim hududlari vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: |