1. Elektron pochta servisi Internetda eng qadimiy elektron pochtani oddiy pochta bilan to‘la taqqoslash mumkin. U ham yozma xabarlarni bir joydan boshqa joyga uzatish uchun xizmat qiladi



Yüklə 259,54 Kb.
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü259,54 Kb.
#162503
  1   2   3   4   5   6
Reja


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

"Telekomunikatsiya texnologiyalari" fakulteti


”Tarmoqni dasturlash asoslari” fanidan

Mavzu: Elektron pochta: xabarlar uzatish xizmatining asosiy tushunchalari, xususiyatlari va afzalliklari

Bajardi: Shukrullayev.D


Qabul qildi:Nurmurodov.J
SAMARQAND 2023
Reja
1. Elektron pochta nima
2.Elektron pochta orqali xabar tarqatish 
3. Elektron pochta: xabarlar uzatish xizmatining asosiy tushunchalari, xususiyatlari va afzalliklari
4.Internetda elektron pochta xizmatlarini tashkillashtirish
5.Elektron pochta protokollari
6.Xulosa
7.Foydalanilgan adabiyotlar

MAVZU: Elektron pochta: xabarlar uzatish xizmatining asosiy tushunchalari, xususiyatlari va afzalliklari
Tayanch so‘z va iboralar. Elektron pochta, SMTP, POP, IMAP, MIME, xat sarlavxasi, e-mail klienti, Mail Transport Agent, Mail Delivery Agent, Mail User Agent.
1. Elektron pochta servisi
Internetda eng qadimiy elektron pochtani oddiy pochta bilan to‘la taqqoslash mumkin. U ham yozma xabarlarni bir joydan boshqa joyga uzatish uchun xizmat qiladi. Bunda elektron pochta shunday afzalliklarga egaki, u xabarlarni istalgan vaqtda jo‘natishi va qabul qilishi mumkin. Xaqiqatan ham E-mail yuborayotib siz odatdagi xatni yuborishdagi kabi xat qaerga va kimga yuborilayotgani, teskari manzili (faqat barcha nomlar va manzillar, albatta elektrondir) ko‘rsatiladi. Siz xatni «kopirka» orqali bir necha manzil bo‘yicha jo‘natishingiz, xatga fayl qo‘shib yuborishingiz mumkin. Elektron xat bilan bo‘ladigan keyingi ishlar oddiy xatni jo‘natishni eslatadi. Siz pochta serveri bilan bog‘lanasiz (odatda POP3 - Post Office Protocol - pochta protokoli, 3-versiya) va xatni shu serverga jo‘natasiz. («Pochtaga olib borasiz»). Keyin pochta serveri xatni oluvchining pochta serveriga yetkazib berishni tashkil qiladi, u yerdan xatni oluvchi olishi mumkin. Odatda elektron xat jo‘natilgan zaxoti kelib elektron pochta idishida xat oluvchi tomonidan olinish uchun saqlanadi. Shunday qilib, bu tizim oddiy pochtaga nisbatan kuchliroq va egiluvchandir. Elektron pochta xabarlarni shunchaki tez yetkazishga nisbatan xizmatlarni kengroq turlarini tavsiya qiladi. Elektron pochta, matndan tashqari, ovozli yoki grafikli fayllarni hamda boshqa ikkilik axborotlarni, masalan, dasturlarni ham o‘zida tutishi mumkin. Elektron pochtaning eng asosiy afzalligi xatlarni tez yetkazib berishidir. Agar siz xatni elektron pochta orqali yuborayotgan bo‘lsangiz siz bilan pochta oluvchi o‘rtasida qancha masofa borligi sizga baribir. Amalda jo‘natilgan zaxotiyoq xatingizni olishi mumkin. Xatni bir yo‘li bir necha adresatga yuborish ham juda oson. Bu degani istalgan vaqtda siz xabarlarni yuborishingiz va ularni bir necha sekunddan so‘ng dunyoning turli joylarida o‘qishlari mumkin.
Elektron pochtaning yana bir afzalligi shundaki, adresatning uzoqligi yetkazib berish tezligiga xam, qiymatiga xam xech qanday axamiyati yo‘q. Xatni elektron pochta orqali Germaniyani ichida Shimoliy Qutbga yoki bir vaqtda bir necha punktga yuborishingizdan qat’iy nazar, o‘zingizni xost-kompyuteringiz telefon aloqasidan foydalanganligingiz uchun xaq to‘laysiz. Internetga mustaqil ulangan kompyuterlar xost-kompyuterlar (host-xo‘jayin) deyiladi.
Internet elektron pochtasi taxminan oddiy pochtaga o‘xshash ishlaydi. Sizning E-mail dasturingiz xatingizni xatning sarlavxasiga - konvertga o‘xshab - (mail-header) joylashtiradi. va SMTP yordamida uni tarmoqqa jo‘natadi. Pochta - server bilan muloqat qilish uchun elektron pochtaning mijoz-dasturi ikkita protokolidan foydalanadi: bittasi xabarni jo‘natish uchun, ikkinchisi uni olish uchun. SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) - Pochtani uzatish oddiy protokoli xabarlarni jo‘natish uchun foydalaniladi; POP3 (Post Office Protocol) - Pochta protokoli, 3-versiya, ularni olish uchun foydalaniladi. Keyin sizning xabaringiz tarmoq orqali tarmoqlararo o‘tishlar (mail gateways) yordamida uzatiladi. Xabaringiz kerakli tarmoqqa kelib tushgandan so‘ng, pochta agenti (mail agent) uni oluvchining pochta qutisiga yetkazib beradi. Adresat xabarni tarmoqdan POP3 pochta protokoli orqali oladi.
Xat sarlavxasi (mail header) quyidagicha bo‘ladi:
E-mail. Xat sarlavxasi
- kimga
- nusxasi
- jo‘natish joyi
- mavzu
Klient E-mail. Elektron pochtadan foydalanishning turli xil turlari mavjud. Ulardan ayrimlari:
Oddiy yozishma. E-mail asosan xabarlar va fayllarni boshqa kishilar bilan almashish uchun foydalaniladi. Elektron pochta muassasalar tomonidan ilgaritdan foydalaniladi. Lekin xozir ko‘pchilik undan do‘stlari va qarindoshlari bilan muloqat qilish uchun foydalanadi.
«Daydi ritsarlar yozishmasi». Xizmat safarlari davrida, elektron pochta orqali odamlarga xabarlar yuborib, ular bilan idorada bog‘lanish imkoniyati. Bugungi kunda istalgan mexmonxona yoki aeroportda telefon liniyasiga ulanish imkoniyatini topish mumkin.
Axborot serverlari. Ba’zi E-mail adreslar alohida xususiyatga ega - ular avtomatlashtirilgan. Siz bu adres bo‘yicha qandaydir axborot yoki xujjatga so‘rov yuborasiz va sizga avtomatik ravishda kerakli axborotlari bo‘lgan javob yuboriladi. Masalan, Siz 1965 yilning ma’lum kunida qanday voqea sodir bo‘lganini yoki obi-xavo ma’lumotini bilishingiz mumkin. Bular xammasi oddiy elektron pochta orqali bo‘ladi.
Jo‘natma (mailing lists). Elektron pochta yordamida siz jo‘natmaga yozilishingiz mumkin. Ularning ayrimlari gazetalarga o‘xshash tuzilgan: yozilganingizdan keyin, siz davriy ravishda nashriyotchidan yangi axborotlar olib turasiz.
Internetning barcha E-mail adreslari bir - biriga o‘xshash ko‘rinishga ega. E-mail adres: name@domain1.domain2.domain3
Adres o‘rtasidagi @ belgisi adresni ikki qismga bo‘ladi: foydalanuvchi nomi chapda va domen nomi o‘ngda.
Domen nomi (domain name) - Internetda aniq kompyuterga berilgan noyob nom. Internet tarmog‘ini foydalanuvchining nomi unchalik qiziqtirmaydi. U, ko‘proq, xabarni, o‘ng tarafda nomi ko‘rsatilgan, kompyuterga yetkazish haqida, o‘ylaydi. Keyin bu kompyuter xabarni adresning chap tarafida ko‘rsatilgan pochta qutisiga yetkazadi.
Elektron pochtaning adresi formati umumiy ko‘rinishda quyidagicha bo‘ladi:
foydalanuvchi nomi@xost-kompyuter adresi
Internetda marshrutizatorlar komanda qatorining @ belgisidan o‘ng tarafda joylashgan qismini ishlaydi, uning chap tarafiga foydalanuvchi nomini xost-kompyuter o‘qiydi.
Masalan, E-mail adres: talaba@tuit.uz.
1.2. Internetda elektron pochta xizmatlarini tashkillashtirish
Elektron pochta - internet va korporativ tarmoqlarda eng ko‘p qo‘llaniluvchi aloqa xizmatlaridan biri hisoblanadi. U shunchaki xabarlar almashish usuli bo‘lib qolmay, bugungi kunda biznes jarayonlarida elektron dokumentlar almashishni ta’minlovchi, axborotlarni taqsimlovchi asosiy kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. Elektron pochta xizmatining asosiy bajaradigan vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- Ichki va tashqi tizimlar o‘rtasida axborot almashishni ta’minlaydi;
- Elektron hujjat almashish tizimlarining komponenti hisoblanadi;
- Korporativ ilovalarning transport protokolini tashkillashtiriladi;
- Elektron tijorat infrastrukturasini tashkillashtirish vositasi hisoblanadi;
- Bugungi kunda eng keng taralgan sotsial axborot almashish xizmati hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan funksiyalari sababli elektron pochta bugungi kunda muxim vazifani ta’minlaydi – yagona informatsion muhitni ta’minlaydi. Birinchi navbatda elektron pochta umumiy kommunikatsion infrastruktura yaratishni ta’minlaydi. Shuningdek, odamlar, alohida kompaniya bo‘limlari va turli organizatsiyalar o‘rtasida xabarlar va ma’lumotlar almashishni osonlashtiradi.
Elektron pochta dastlab alohida kishilar o‘rtasida ma’lumot almashishni ta’minlagan bo‘lsa, bugungi kunda elektron ko‘rinishda hujjatlar almashishga o‘tishda ish samaradorligini oshirish va vaqtni tejash kabi yangi imkoniyatlarni ta’minlamoqda.


Yüklə 259,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin