1. ies-issiqlik elektr stantsiya iesda elektr energiyani hosil qilish jarayoni



Yüklə 465,43 Kb.
səhifə1/16
tarix13.12.2022
ölçüsü465,43 Kb.
#74339
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
energiya tejamkorligi (2)


1. IES-issiqlik elektr stantsiya
IESda elektr energiyani hosil qilish jarayoni
Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasi. Issiqlik kondensatsion elektr stansiyalar oorganik yoqilg‘i energiyasini avval mexanik, so‘ngra elektr energiyasiga aylantirib beradi.

Issiqlik elektr stansiyalarda energiyani qayta hosil qilish sxemasi.
1.1Zamonaviy qudratli IES da bug‘ turbinalari o‘rnatilgan. Birinchi bug‘ turbinasi uch fazali elektr generatorni aylantirish uchun Elberfeld stansiyasida 1899 yilda o‘rnatilgan. SHu davrdan boshlab elektr stansiya-larida ishlatiladigan qudratli bug‘ turbinalari rivojlandi. Energiyaning barcha turlarini dunyo miqiyosidagi iste’moli, bevosita aholi sonining o‘sishiga bog‘liq. Dunyo aholisining soni oxirgi vaqtlarda tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda va hozirgi kelib 7*106 dan oshib ketdi. Yaqin kelajakda issiqlik elektr stansiyalari asosiy elektr stansiyalar biri bo‘lib qoladi, shuning uchun ularni konstruksiyalarini mukammallashtirish va termodinamik siklini yaxshilash energetika uchun juda muhim vazifalardan biri. Zamonaviy energetikada elektr energiyasini hosil qilish katta yo‘qotish va organik yoqilg‘ini ko‘p miqdorda ishlatishga asoslangan.Energiyadan bevosita elektr energiyasini olish energetika rivoj-lanishining asosiy istiqbollaridan biridir.
1.2Bug‘ qozonlari
Zamonaviy bug‘ qurilmalarda, harorati 600°S va bosim 30 MPa bo‘lgan bug‘dan foydalaniladi. Ishchi jismni, 30-40°S gacha sovutish uchun sovuq suv qo‘llaniladi. Bu erda bosim ham keskin kamayadi. Bu jarayon quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: bug‘ qozonida bug‘ hosil qilinadi, turbinada bug‘ kengayadi, kondensatorda sovutiladi. YUqori bosimli nasoslar yordamida kondensat bug‘ qozoniga bosim ostida yuboriladi.


2.Gidro elektr stansiya (GES)
GESda suv energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. Uning ish asoslarini o‘rganuvchi fan gidravlika deb nomlanadi, u o‘z ichiga gidrostatika (suyuqliklarni muvozanat holatlari) va gidrodinamikani (suyuqliklarni harakatlarini) oladi, kesilish suv oqimining quvvati - ma’lum tabaqa orqali oqayotgan, suv sarifi Q qurilgan to‘g‘on suv havzasining yuqori oqim balandligi va past oqim balandliklari orqali ifodalanadi.
Yer yuzasining to‘rtdan uch qismi suv bilan qoplangan bo‘lib, faqat to‘rtdan bir qismigina quruqlikdan iboratdir. SHuning uchun ham insoniyat o‘zining taraqqiyoti davomida har doim suvdan unumli foydalanishga intilib kelgan. Insonlarning suv energiyasidan foydalanishi avvalambor uning mexanik energiyasidan foydalanish bilan cheklangan. Masalan, suv tegirmonlari parraklarini suv oqimi kuchi yordamida aylantirilib tegirmon toshlari harakatlantirilib don boshoqlari maydalanilib un holiga keltirilgan va h.k. Nihoyat suv mexanizmlarining tadrijiy davomi bo‘lgan suv turbinalari ixtiro qilinganidan so‘ng, suvning kinetik energiyasini elektr energiyaga o‘zgartiruvchi gidroelektr stansiyalar paydo bo‘ldi va bu stansiyalar dunyoning deyarli barcha tog‘lik va tog‘oldi hududlarida eng arzon elektr energiya manbai sifatida keng qo‘llanilmoqda.
Suvning qanday turdagi potensial energiyasidan foydalanib elektr energiya olishiga qarab, gidroenergetik qurilmalar uch turga bo‘linadi:
– daryolarga to‘g‘onlar qurilib suv sathi ko‘tariladi va hosil qilingan suv omborlarda yig‘ilgan suvning potensial energiyasidan foydalanib, elektr energiya hosil qiluvchi suv elektr stansiyalar (GES);
– okean va dengizlarda sodir bo‘lib turadigan kuchli to‘lqinlar ta’sirida qalqib ko‘tarilib, ko‘rfazlarda yig‘iladigan ko‘p miqdordagi suvlarning, hamda shuningdek bahorgi toshqinlar vaqtida daryo chetlarida yig‘ilib qoladigan suvlarning potensial energiyalarini elektr energiyaga o‘zgartiruvchi toshqin gidroelektr stansiyalar;
– sun’iy suv omborlar va ko‘llarga nasoslar yordamida yig‘ilgan suvlarning potensial energiyasini elektr energiyaga o‘zgartiruvchi gidroakkumulyatorli gidroelektr stansiyalar (AGES).

Yüklə 465,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin