1. Ilmiy ishda qisqartmalar. Havola va bibliografik ma’lumotlarni berish usullari



Yüklə 4,42 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü4,42 Kb.
#179831
1. Ilmiy ishda qisqartmalar. Havola va bibliografik ma’lumotlarn-fayllar.org


1. Ilmiy ishda qisqartmalar. Havola va bibliografik ma’lumotlarni berish usullari

1. Ilmiy ishda qisqartmalar. Havola va bibliografik ma’lumotlarni berish usullari



MAVZU:Ilmiy tadqiqotda qisqartma, havola va bibliografik ma'lumotlarni olish

Reja:

1.Ilmiy ishda qisqartmalar.

2. Havola va bibliografik ma’lumotlarni berish usullari.

3. Ilmiy halollik va o’g’rilik (plagiat) nima?

Dastlab shartli qisqartmalar haqida. Tadqiqotda juda ko`p hollarda ayni bir manba (ilmiy adabiyot, tajriba-sinov ishlari natijasi, ayrim tushuncha va atama, hatto ta`rif va qonuniyat)larni juda ko`p marotaba, tez-tez takrorlab turishga to`g`ri keladi. Chunonchi, "Abdulla Qodiriy asarlarida eskirgan so`zlar" mavzusidagi ilmiy tadqiqotda tadqiqotchi bu adibning "O`tkan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Obid ketmon", "Juvonboz" kabi asarlarini o`nlab marotaba tilga olishi, har bir fikrni asoslash uchun bu asarlardan yuzlab misol keltirishi lozim.

Bundan tashqari, tadqiqotchi eskirgan so`zlar muammosini mufassal tahlil etgan, masalan, Ernest Begmatovning "O`zbek tilining leksik qatlamlari", E. Qilichevning "Badiiy tasvirning leksik vositalari" asarlari, Sh. Rahmatullayevning "ToshDU Ilmiy asarlari. Yangi sira. 211-chiqishi. Filologiya. 24-kitob. Toshkent, 1963" to`plamida chiqqan "Arxaizm va istorizm" maqolasini, har xil lug`atlarni - ikki jilddan iborat bo`lgan "O`zbek tilining izohli lug`ati"ni, 4 jildli "Alisher Navoiy asarlarining izohli lug`ati" v. h.ni tez-tez takrorlab turishi lozim.

Ilmiy ishda, ixchamlik va tejamlik nuqtayi nazaridan, unda tez-tez takrorlanib turuvchi manba va tushunchalarni tadqiqotchi, odatda, qisqartma (shartli qisqartma)lar bilan beradi. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlarda juda ko`p holda chizma, diagramma, qonuniyatlarni ixcham va yorqin aks ettiruvchi formula, jadvallar keng qo`llaniladi. Ularda ham, asosan, har xil shartli qisqartmalar qo`llaniladi.

Manbalarga ishora qiluvchi qisqartmalar ham, formula va chizmalarda qo`llaniladigan qisqartmalar ham fanda ikki xildir. Ularning birinchi turi ma`lum bir fan sohasida umumiylik sifatida qabul qilingan shartli belgilardir. Kimiyoda H (vodorod), O (kislorod), NaCl (osh tuzi); matemtikada " + " (qo`shish), " - " (ayirish), "  " (ildiz), " a2 " (istagan sonning kvadrati); fizikada F (kuch), V (tok kuchlanishi), W (tok kuchi) va h. shular jumlasidandir. Tilshunoslikda ham shunday shartli belgilar bor. Chunonchi, V - fe`l, Vtr - o`timli fe`l, Vin - o`timsiz fe`l, S - ega, P -kesim, Pv - fe`l kesim. , Pn - ot kesim.

Tilshunoslikdagi bunday shartli qisqartmalar, odatda, "Tilshunoslikka kirish" o`quv qo`llanmalarida sharhlanadi. Muallif bunday qisqartmalardan foydalanganda qisqartma olingan manbani aniq ko`rsatishi lozim. Chunonchi, M. Saidovaning tadqiqotida shunday jumlani o`qiymiz:' Modellarda biz "Русская грамматика. Москва. Наука. 1980" kitobida berilgan shartli belgi va qisqartmalar tizimini to`la-to`kis saqlaymiz. 22 Bunda tayanch manba ilmiy jamoatchilik orasida keng tarqalgan, mashhur, har bir ilmiy kutubxonada osongina topiladigan bo`lishi lozim.

Ikkinchi turdagi qisqartmalar muallifning o`zi tomonidan yaratiladi. Bunday qisqartmalar qulay va to`liq sharhiga nima bilandir ishora qilib turadigan bo`lishi zarur. Chunonchi, Abdulla Qodiriyning yuqorida sanab o`tilgan uch romanida eskirgan so`zlarning qo`llanilish muammosini o`rganayotgan tadqiqotchi ularni RI (ya`ni birinchi roman), RII, R III deb ham, A1, A2, A3, deb ham, oddiygina I, II, III `shartli qisqartma sifatida berishi mumkin.

Endi ilmiy tadqiqda havolalar masalasiga o`tamiz. Ilmiy tadqiqotning muhim tarkibiy qismlaridan biri ilmiy havolalardir. Ilmiy havola tadqiqotchining qanday manbalarga tayanib tadqiqot olib borganligini ko`rsatib turadi. Tadqiqotda havola asosan, ikki turlidir. Bular:

a) material, tadqiq hodisalari, tajriba-sinov ishlariga havola;

b) ilmiy tadqiqotlarga, tadqiqotchilarning fikriga havola.
http://fayllar.org
http://fayllar.org
Yüklə 4,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin