“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN 1-ORALIQ
NAZORATI BO’YICHA ISHLAB CHIQILIGAN YOZMA ISH
VARIANTI
OCHILOVA DILDORA
MMT-82
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
VARIANT №9
1. Iqtisodiyotning bosh masalasi va uning ikki tomoni
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo,
iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat
hayoti va uning taraqqiyoti juda
murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal
muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab
chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa
faoliyat turlarining borgan
sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi.
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab
ko‘rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar
yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot,
fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni
iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, o‘zining
kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-
kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi
ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish
kerak degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli
yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari
ichida
eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini
ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.Cheklangan iqtisodiy resurslardan
unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan
hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga
qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar
yaxlit
qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.