1. Kambag‘allik tushunchasi, uning ko‘rinishlari va turlari. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan guruhlanishi



Yüklə 39,64 Kb.
səhifə1/5
tarix14.07.2023
ölçüsü39,64 Kb.
#136539
  1   2   3   4   5

Mavzu: O‘zbekistonda kambag'allikni qisqartirishning yo'llari va uning asosiy yo‘nalishlari.
Reja:
1.Kambag‘allik tushunchasi, uning ko‘rinishlari va turlari .
2.Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan guruhlanishi.
3.O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning yo‘llari va uning asosiy yo‘nalishlari.

1.Kambag‘allik tushunchasi, uning ko‘rinishlari va turlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida kambag‘allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi.«Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir» , deb ta’kidlangan edi murojaatda.
Kambag‘allik – bu hayot uchun muhim bo‘lgan, eng zarur minimal ehtiyojlarni qondira olmaydigan, ishga layoqatli bo‘lib, o‘z naslini davom ettirishi mumkin bo‘lmagan shaxs yoki ijtimoiy guruhni iqtisodiy holatining o‘ziga xos xususiyatidir.
Iqtisodiyot qonunlariga asosan, «kambag‘allik kambag‘allikni keltirib chiqaradi». Mazkur jarayon bir necha sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi.
Birinchidan, daromadlari past mamlakatlar sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash uchun yetarlicha pul sarflay olishmaydi, kambag‘al aholi esa sifatli pullik ta’lim va tibbiyot xizmatlarga qurbi yetmasligi sababli inson salohiyati pasayib, kambag‘allikdan qochib qutula olmaydilar.
Ikkinchidan, kambag‘al aholining daromadlari pasayib borgan sari, iste’mol bozorining sig‘imi mutanosib ravishda kichrayib boradi va buning natijasida sanoat mollari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ayniqsa, xizmatlarga bo‘lgan talab pasayib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi, byudjet daromadlarini kamaytiradi va kambag‘allarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini kamaytirib yopiq siklik jarayon ko‘rinishiga keladi.
Uchinchidan, aksariyat hollarda kambag‘allarning dunyoqarashi daromad yuqori bo‘lganlardan farq qiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, ular orasidan ijodkor va tadbirkorlik qobiliyatiga ega insonlarning yetishib chiqishi ehtimoli kamroq. Shuningdek, odatda kambag‘al oila a’zolari orasida jinoyatchilik ko‘rsatkichlari nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, kambag‘allikni keltirib chiqaruvchi omillar mamlakatda inson salohiyatini rivojlantirishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va aholining iqtisodiy faoliyatiga to‘sqinlik qiladi.
Kambag‘allik nisbatan bir tushuncha bo‘lib, ma’lum bir jamiyatdagi umumiy hayot standartlariga bog‘liq. Ma’lum bo‘lgan kambag‘allik me’yorlarining asosini, pul ta’minoti ko‘rsatkichlarini umumlashtiruvchi, masalan, eng minimal darajada imkoniyati bo‘ladigan oilaviy daromad yoki iste’mol xarajatlarining minimal miqdori kabi ko‘rinishda bo‘ladi.
BMT kambag‘allik chegarasini asosiy tovar va xizmatlar (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar-joy haqini to‘lash, suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, maktab ta’limi, tibbiy xizmat) uchun zarur bo‘lgan daromadlar sifatida belgilaydi. Kambag‘allik darajasi nisbiy tushuncha sanaladi va muayyan mamlakatdagi umumiy farovonlik darajasiga bog‘liq. Kambag‘allik mutloq va nisbiy kabi turlarga bo‘linadi. Mutloq kambag‘allikda kun kechiruvchi odamlar biologik tirik qolishni ta’minlaydigan minimal ehtiyojlarnigina qondirishlari mumkin.
1990 yildan boshlab har yili Jahon bankining «Kambag‘allik va yalpi farovonlik» ma’ruzalari e’lon qilinadi. 2018 yilning oktabr oyida chiqarilgan ma’ruzada asosiy ko‘rsatkich kambag‘allikning xalqaro chegarasi bir kishi uchun kuniga 1,9 dollar miqdorida ekanligini kщrsatib berdi. Biroq kambag‘allik bo‘yicha yangi ta’rif va o‘lchamlar kiritilmoqda. Jumladan, ijtimoiy kambag‘allik. Bu ko‘rsatkich mutloq va nisbiy kambag‘allik konsepsiyasini birlashtiradi. Bundan tashqari, kambag‘allik daromadlar darajasi bo‘yicha kommunal xizmatlar (suv, elektr energiyasi), sog‘liqni saqlash yoki ta’lim olish imkoniyatini aks ettirmagani uchun ko‘p o‘lchamli kambag‘allik ko‘rsatkichi kiritildi. Ana shu tushunchaga mos ravishda global darajadagi kambag‘allar ulushi monetar kambag‘allik bilan taqqoslaganda taxminan 50 foizga yuqoriroq.
Kambag‘allikni o‘lchashda uchta asosiy yondashuv mavjud. Ulardan biri asosiy oziq-ovqat, asosiy ehtiyoj va kiyim-kechak iste’molini aholi tomonidan baholashdir.Bu, eng qo‘pol va iste’molning turli darajalarini inobatga olmaydigan yondashuvdir. Bu, albatta, o‘tgan asrlardagi ko‘rsatkichlarga o‘xshaydi, biroq mahsulot va tovarlarning real iste’mol qilinishini hisobga olinsa, iste’mol savatchasi va iste’mol (yashash uchun) minimumi deb ataladigan tushuncha kelib chiqadi. Iste’mol savati– respublikada yuzaga kelgan muayyan shart-sharoit va xususiyatlarga tayangan holda, ma’lum bir vaqt mobaynida, insonning ma’lum funksional ehtiyojlariga javob beradigan, ilmiy jihatdan asoslangan tovar va xizmatlar majmuidir. Iste’mol savatini yaratishda uning vakillik tamoyilidan foydalaniladi. Unda mavjud bo‘lgan imtiyozlar va xizmatlar insonning normal hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha iste’mol majmualarini ifodalaydi. Iste’mol savatchasi quyidagi mahsulot va xizmatlarni o‘z ichiga oladi:-Oziqlantirish;– Kiyim, choyshab, poyabzal;– Dori-darmonlar, sanitariya-gigiena vositalari;– Mebel, madaniy – maishiy va xo‘jalikda foydalaniladigan buyumlar;– Uy-joy va kommunal xizmatlar;– Madaniy-ma’rifiy tadbirlar va dam olish;– Maishiy xizmatlar, transport, aloqa;– Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari uchun xarajatlar;– To‘lovlar va majburiy badallar.
Kambag‘allikni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

Yüklə 39,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin