1.1.Gazlarning turlari 1.2.Gaz yoqilg‘ining standart talablari bo‘yicha tarkibi va sifati 1.3.Gazlardagi zaharli moddalar 1.4. Gaz parametrlari 1.5. Gazlarning normal va standart holatlari
1.1. Gazlarning turlari Gazlashtirish tizimlarida ishlatiladigan gazlar ikkiga bo‘linadi:
tabiiy gazlar, yani yer ostida qazib olinadigan gazlar;
sun’iy gazlar – qattiq yoki suyuq yoqilg‘ilarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan gazlar.
Tabiiy gazlar ham ikkiga bo‘linadi.
1) Toza gaz konlardan chiquvchi gazlar.Bunday toza tabiiy gazlar konlardan qazib olinib, ularning asosiy qismini metan (CH4) tashkil qiladi. Metanning miqdori 92 – 98% ga boradi. Qolgan qismini esa boshqa uglevodorodlar tashkil qiladi. Bu gazlarning issiqlik berish qobiliyati 34-39 MJ/m3. Bu gazlar havodan yengil.
2) Yo‘ldosh gazlar.Yo‘ldosh gazlar yer osti qatlamlarida neft bilan aralashgan bo‘lib, neftni qazib olish jarayonida u bilan birga va yer satxiga chiqqandan so‘ng bosimning pasayishi natijasida neftdan ajraladi. Shuning uchun uni yo‘ldosh gazlari deb ataladi. Yo‘ldosh gazlarni tarkibida metan miqdori 40-60%, qolgan qismini esa boshqa uglevodorodlar tashkil qiladi. Shuning uchun yo‘ldosh gazlarning issiqlik berish qobiliyati yuqori 45-50 MJ/m3 gacha yetadi.
Sun’iy gazlar to‘rtga bo‘linadi:
1) Koks gazi.Qattiq yoqilg‘ini havosiz joyida 900-11000C gacha qizdirish natijasida koks gazi hosil bo‘ladi. Koks gazining issiqlik qobiliyati 16-18 MJ/m3. Ularning asosiy qismi uglerod oksidi (CO) dan iborat. Bundan tashqari, koks gazlarining tarkibini SO2, H2S, H2 va boshqa gazlar tashkil qiladi.
2) Qoldiqsiz gazifikatsiya gazlari (generator gazlari).Bu gazlarni olishda qattiq yoqilg‘ilar havosiz joyda qizdirilib, undan keyin qizdirilgan massa orqali bosim ostida havo, kislorod yoki suv bug‘i yuborilsa, ular yoqilg‘i tarkibidagi yonuvchi moddalarni (CO, H2, H2S, CH4 va boshqalar) o‘zi bilan olib chiqadi va bu gaz qoldiqsiz gazifikatsiya gazi deyiladi.
Qattiq yoqilg‘idagi yonuvchi moddalarning bir qismi yonib, karbonat angidridga (CO2) aylanadi. Qolgan qattiq yoqilg‘ining tarkibida esa yonuvchi moddalar deyarli qolmaydi. Bu gazlarning issiqlik berish qobiliyati ancha past bo‘ladi (taxminan) 5,5 MJ/m3) va ularning tarkibida zaharli moddalar ko‘p bo‘ladi.