1-ma’ruza metrologiyaning asosiy tushunchalari reja



Yüklə 14,26 Kb.
səhifə1/5
tarix06.02.2023
ölçüsü14,26 Kb.
#83149
  1   2   3   4   5
1-ma’ruza metrologiyaning asosiy tushunchalari reja

1-MA’RUZA




METROLOGIYANING ASOSIY TUSHUNCHALARI

REJA:


  1. Metrologiya va texnikaviy o‘lchovlar. Umumiy tushunchalar. 2.Metrologiyaning xalq xo‘jaligidagi roli.

  1. O‘lchovlar turlari.

  2. O‘lchov vositalarining metrologik tavsifnomalari. 5.O‘lchovlarning aniqligi va xatoligi.



    1. Metrologiya va texnikaviy o‘lchovlar. Umumiy tushunchalar


Insoniyat ko‘p asrlardan beri o‘zining atrof-tevaragidagi moddiy olamni miqdoriy jihatdan tavsiflash, tabiatda mavjud bo‘lgan qonuniyatlarni ochish, narsalar bilan voqea-hodisalarning bog‘lanishini aniqlashga harakat qilib keladi va buni o‘lchovlar yordamida amalga oshiradi.
Insonning har qanday aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati moddiy resurslarning hisobga olinishi uchun xizmat qiladigan ilmiy bilimlarning negizi bo‘lib hisoblanadigan o‘lchovlarsiz, mahsulotlarning talab qilinadigan sifatini, detallar va uzellarning o‘zaro almashinuvini, texnologiyalarning takomillashtirilishini, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi, standartlashtirish, odamlar salomatligining muhofaza qilinishini va mehnatning xavfsizligini ta’minlamasdan amalga oshirilishi mumkin emas.
Metrologiyaning asoschisi D.I.Mendeleev o‘lchovlarning roli to‘g‘risida shunday degan edi: «Fan o‘lchov boshlangan paytdan boshlab boshlanadi». Angliyadagi metrologiya asoschisi Tomson shunday deb yozgan edi: «Har qanday buyum faqat uni o‘lchab bo‘ladigan darajadagina ma’lum bo‘ladi». Mashhur rus olimi metrologiya to‘g‘risida yana shunday bir fikrni bildirgan: «O‘lchash san’ati tabiat qonunlarining qa’riga kirib borish va uni insonning hukmronligiga bo‘ysundirish uchun odamzotning tafakkuri tomonidan yaratilgan qudratli qurol hisoblanadi».
Metrologiya nuqtai nazaridan olganda o‘lchov nima degani?
O‘lchov (ГОСТ-16263-70) - bu jismoniy miqdor mohiyatining maxsus texnika vositalari yordamida tajriba yo‘li bilan topilishidir.



Yüklə 14,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin