1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari.
1.
Psixologiya haqida tushuncha.
2.
Psixologiya fanining vujudga kelishi.
3.
Psixikaning fiziologik mexanizmlari.
4.
Psixologiya va uning moddiy asoslari.
5.
Psixika va aks ettirish.
Psixologiya haqida tushuncha.
Umumiy psixologiya voqelikning alohida bir sohasi bo‘lgan psixik (yoki
ruhiy) hayot sohasini o‘rganadi. Har kimga maʼlum hodisalar sezgilarimiz, idrok,
tasavvurlarimiz, fikr, his, intilishlarimiz va shunga o‘xshashlar psixik hodisalar
jumlasiga kiradi. Shaxsning psixik yoki individual xususiyatlari: odamning
temperamenti (mijozi), harakteri (feʼl-atvori), qobiliyat, ehtiyoj, mayl va havaslari
ham psixika sohasiga kiradi. Psixik (ruhiy) hodisalar barchasi psixika degan bir so‘z
bilan ataladi.
Psixika o‘zga alohida bir olam emas: u organiq hayotning yuksak shakllaridan
bo‘lib, faqat hayvonlar bilan odamlarga xosdir. Hayvonlar bilan odam,
o‘simliklardan farq qilib, yolg‘iz organiq hayotga ega bo‘libgina qolmay, balki, shu
bilan birga, psixik hayotga ham egadir. Lekin, maʼlumki, hayvonlarning psixik
hayoti odamning psixik hayotiga qaraganda soddaroqdir. Odam psixikasi hayvonlar
psixikasidan sifat jihatidan farq qiladi. Odamda psixik hayotning yuksak shakli -
ong bor. Odam ongli zot hisoblanadi.
Psixik hayot hodisalari juda xilma-xil, ammo bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan
bo‘ladi. Psixologiya ana shu bog‘lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib
beradi. Hozirgi kungacha psixik hodisalar rivojlanib kelgan va rivojlanmoqda. Shu
sababli, psixologiya psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib berishi kerak.
Har bir shaxs psixologiya fanining maʼlumotlaridan amaliy maqsadda, avvalo
taʼlim-tarbiya ishida, shuningdek, ishlab chiqarishda, mehnatni tashkil etish va
ixchamlashtirishda, tibbiyotda, sanʼat va shunga o‘xshash sohalarda foydalanmoq
uchun psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini bilishi kerak bo‘adi. Shunday qilib,
psixologiya psixik hayot sohalari yoki, qisqacha qilib aytganda, psixikadan bahs
yuritadi. Psixik hayot turli-tuman hodisalarda namoyon bo‘ladi. Psixik hayot
hodisalari: psixik jarayonlar, psixik mahsullar va psixik holatlarga ajratiladi.
Psixik jarayon — psixik hodisaning ketma-ket o‘zgarishidir.
Psixik mahsullar — psixik jarayonlarning natijasidir. Bularga sezgi va
idroklarning obrazlari, tasavvurlar, muhokamalar, tushunchalar kiradi. Psixik
holatlarga esa yoqimli va yoqimsiz tuyg‘ular, tinchlik-farog‘at, hayajonlanish va
maʼyuslanish, uyg‘oqlik va uyqu holatlari, dadillik va taraddudlanib qolish holatlari
kiradi.
Xilma-xil psixik hodisalarni: bilish, Emotsional soha (hissiyot sohasi) va
iroda sohasi deb uchga bo‘lish qadimdan bor. Odam ongi faoliyatida zohir
bo‘ladigan ana shu turlar psixik funktsiyalar deb ataladi.
Bilish hodisalari boshqacha qilib aytganda aqliy, intellektual jarayonlar deb
ataladi. Sezgilar, idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq - bilish jarayonlari deb
hisoblanadi. Odatda hayotimizda psixik funktsiyalar termini o‘rniga psixik
jarayonlar terminini ishlatamiz.
Ammo psixik funktsiyalar terminidan foydalangan maʼqulroq. Funktsiya
tushunchasining mazmuni kengroq. Bu tushuncha psixik jarayonni ham, psixik
holatni ham, faollikni ham, ish-harakatini ham o‘z ichiga oladi. Funksiya qanday
bo‘lmasin yaxlit bir narsaning qismi emas, balki namoyon bo‘lishi, amal qilishi
demakdir. Shuning uchun sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq, diqqat, hislar,
iroda psixika qismlari emas, balki bir butun ongning funktsiyalari, bir butun
shaxsning funktsiyalaridir.
Sezgilar - muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko‘ruv, eshituv, tuyish, hid
bilish va boshqa shu kabi organlarimizga taʼsir etib turgan narsalardagi ayrim
xossalarning aks etishidir. Masalan, qizil, oqni, shirin, achchiqni, og‘ir, yengilni
sezamiz.
Idrok-tevarak-atrofimizdagi narsalarning yaxlit holda aks etishidir. Masalan,
uy, gul, nutq, musiqa va boshqa shu kabilarni idrok etamiz. Narsalar sezgilar asosida
idrok etiladi. Sezgi va idrok tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar hamda
ulardagi xilma-xil xossalarning miyamizdagi obrazlaridir.
Xotira-narsa va hodisalar hamda ulardagi xossalarning sezgi va idrok orqali
hosil bo‘lgan obrazlari nom-nishonsiz yo‘qolib ketmaydi ular miyamizda o‘rnashib,
saqlanib qoladi va qulay sharoitda yana esimizga tushadi. Ilgari idrok etilgan
narsalarning esimizga tushirilgan obrazlari tasavvurlar deb ataladi. Sezgi va idrok
kabi, ko‘nglimizdan kechgan fikr, hislarimiz va qilgan ishlarimiz ham miyaga
o‘rnashib, saqlanib qoladi va yana esimizga tushadi. Idrok etilgan va ko‘ngildan
kechgan narsalarning miyamizga o‘rnashib (esimizda qolib), saqlanishi va yana
esimizga tushishidan iborat bo‘lgan ana shu psixik faoliyat xotira deb ataladi.
Xayol - narsa va hodisalarning idrok orqali miyamizda hosil bo‘ladigan obrazlardan
tashqari, o‘zimiz bevosita idrok etmagan narsalar haqidagi tasavvurlar ham
miyamizdan katta joy oladi. Masalan: ibtidoiy odamlarning hayot sharoitlari
haqidagi tasavvurlarimiz, Marsdagi hayot haqidagi tasavvurlarimiz va shunga
o‘xshashlar ana shundaydir. Bu tasavvurlar xotiramizda bor tasavvurlar asosida
xayolda (fantaziyada) hosil bo‘ladi.
Tafakkur- idrok va tasavurlarimizda aks etadigan narsa tafakkurda
taqqoslanib,
tahlil
qilinadi
va
umumlashtiriladi.
Tafakkur
voqelikning
umumiylashtirilgan bevosita va eng to‘liq hamda eng aniq intihosidir. Tafakkur
jarayonlaridagi fikrlar muhokama va tushunchalar tushuniladi va vujudga keladi.
Odam fikrlash faoliyati tufayli voqelikni idrok va tasavvurlaridagiga qaraganda
aniqroq, to‘laroq va chuqurroq bilib oladi.
Nutq- tafakkur nutqqa chambarchas bog‘liq. Fikrlarimiz nutq yordami bilan
shakllanadi va ifodalanadi. Kishilar nutq vositasida aloqa qiladilar, fikrlarini bir-
birlari bilan o‘rtoqlashadilar; odamning hissiyoti va intilishlari ham o‘z nutqida
ifodasini topadi. Nutq kishilarning bir-birlari bilan bilan aloqa qilish usulidir.
Diqqat- yo‘qorida ko‘rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi odamda diqqat
mavjud bo‘lgandagina yuzagachiqadi. Diqqat ongimizning o‘zimiz idrok etayotgan,
tasavvur qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir
nuqtaga to‘plash demakdir. Diqqat o‘ziga xos alohida bilish jarayoni emas, balki
bilish jarayonlarning faol borishi va sifatli bo‘lishi uchun zarurdir.
«Psixologiya» (yunoncha psychelogos) so‘zini o‘zbek tiliga tarjima qilsak, u
«jon», «ruh» haqidagi «fan, taʼlimot» degan maʼno anglatadi. Hozirgi davrda esa
«jon» tushunchasi o‘rniga «psixika» qo‘llaniladi. «jon», «psixika» tushunchalari
aynan bir xil maʼnoni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda
«jon»dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, ko‘zga ko‘rinuvchi va ko‘zga ko‘rinmovchi
tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixikada psixikaning tarkibiy qismlari: faoliyat,
xulq, muomala yaqqol namoyon hisoblanadi. Bilish jarayonlari: psixik holatlar,
ichki kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar esa miyada mujassamlashgani uchun
ular ko‘zga ko‘rinmaydi. Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun
dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Psixika hayotning sezgi, idrok,
xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir.
Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg‘ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi,
biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish,
hadiksirash hislarining barchasi shaxs ichki dunyosining tarkibiy qismlaridir.
Аgar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu
hodisalarni bir davrning o‘zida tushunib (ko‘zatib) ham turadi. Inson intilsa,
ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo‘layotganligini anglab
turamiz. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo‘lishidan
tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib turadi. Psixikaning turli
shakllarda ko‘rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-
atvor, psixosomatik (yunoncha psyche «jon», somo «tana» maʼnosini anglatadi)
hodisalar, inson aql-zakovati va qo‘lining mo‘jizakorligi moddiy va maʼnaviy
madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika
namoyon bo‘ladi, o‘zining xususiyatlarini ajratadi, faqat ularni bilish orqaligina
psixikani o‘rganish mumkin.
Psixologiyaning predmeti quyidagilardan tashkil topgan:
1)
psixologik bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira va hokazo),
2)
psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala),
3)
psixikaning holatlari (kayfiyat, xayol parishonlik kabilar),
4)
psixikaning hodisalari,
5)
psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari,
6)
psixikaning qonuniyatlari,
7)
psixikaning mexanizmlari,
8)
psixik sharoit, muhit, vaziyat,
9)
o‘zaro
sababiy
bog‘lanishlar,
tadqiqot
metodlari,
vositalari,
materiallari va printsiplari.
Dostları ilə paylaş: |