1-mavzu. «Turizm: nazariya va amaliyoT» faniga kirish Reja



Yüklə 123,25 Kb.
səhifə1/7
tarix23.06.2023
ölçüsü123,25 Kb.
#134398
  1   2   3   4   5   6   7
Ogabek

1-mavzu. «TURIZM: NAZARIYa VA AMALIYoT» FANIGA KIRISh Reja: 1.1. «Turizm: nazariya va amaliyot» fanining maqsadi va vazifalari. 1.2. O'zbekistonda turizm sohasining rivojlanish bosqichlari. 1.1. «Turizm: nazariya va amaliyot» fanining maqsadi va vazifalari Turizm XXI asrda jahon iqtisodiyotiga juda katta ijobiy taъsir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy soha sifatida kirib keldi. Butunjahon turizm tashkilotining maъlumotlari bo'yicha, dunyoda ishlab chiqarish va servis aylanmasining 10 foizi turizmga to'g'ri kelmoqda. Keyingi 20 yil ichida xalqaro turizmning rivojlanishi dunyo bozorida tovar va xizmatlarning kuchli eksport qilinayotganligi bilan eъtiborlidir. Yaъni turistik xizmatlarning eksporti 8 foizga o'sib, jahon bo'yicha umumiy xizmatlar savdosining 30-35 foizini tashkil qilmoqda. Butunjahon turizm tashkilotining statistik maъlumotiga ko'ra, 2020 yilga borib xalqaro turistlarning soni 1,6 mlrd. kishini tashkil qilishi, turizmdan olinadigan daromad 2 trln. AQSh dollari bo'lishi kutilgan edi,3 ammo global muommolardan biri koronovirus (COVID-19) pandemiyasi tufayli, 2020 yilning yanvar`-avgust oylarida dunyo turizm industriyasining yo'qotishlari 730 milliard AQSh dollarga baholandi.4 O'zbekistonda ham bu borada, soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilgan bo'lib, hukumat tomonidan tegishli meъyoriy hujjatlar qabul qilingan. Bu yo'nalishdagi ishlar bugun ham davom etmoqda. Shu tufayli Jahon sayohat va turizm Kengashi (World Travel and Tourism Council-WTTC)ning maъlumotlari bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi turizm sohasi tezkorlik bilan rivojlanayotgan

davlatlar 10 taligi ro'yxatiga5 kiritilgan. Istiqbolni belgilash davrida O'zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolarga turistik xizmat ko'rsatishning o'sish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu holat kelajakda O'zbekistonda kiruvchi va chiquvchi turizm bozorida turistik biznes nafaqat turizm industriyasi, balki milliy iqtisodiyotning turizmga yondosh bo'lgan bir qator boshqa sohalarning rivojlanishini taъminlaydi. Shu tufayli, yurtimizga sayohat qiladigan mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko'rsatish uchun turizmni nazariy hamda amaliy jihatdan o'rganish va bilish talab etilmoqda. Turizm nafaqat o'tmishni o'rganish, o'zga xalqlar va elatlar, ularning urf-odatlari, anъanalari, milliy meroslari bilan tanishish, ularning madaniy yodgorliklaridan bahramand bo'lish, shu bilan birgalikda, katta biznes manbasi bo'lib hisoblanadi. Mazkur faoliyatni yo'lga qo'yish esa mutaxassislarga bog'liq bo'lganligi tufayli, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hozirgi kunning muhim vazifalaridan biriga aylanmoqda. Ushbu vazifani amalga oshirishda mavjud o'quv maskanlarida qator mutaxassislik fanlari o'qitilib, ularda kasb ilmiga taalluqli muammolar o'z echimini topmoqda. Shunday fanlar qatorida «Turizm: nazariya va amaliyot» fani ham o'z o'rniga ega bo'lib, u qayta ishlangan va ilg'or xorijiy tajribalar o'rganilgan holda tayyorlangan, asosiy mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, turizm tarixi, uning asosiy yo'nalishlari, turlari, turistik xizmatlar, umuman, turizm ilmi bilan bog'liq barcha masalalar haqida bilim berish, turizmga oid tushuncha va atamalarning har birini tasniflash muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu alohida predmet darajasidagi masala bo'lib hisoblanadi. Shularni eъtiborga olgan holda, turizmga oid barcha mutaxassislik fanlarining alifbosi sifatidagi «Turizm: nazariya va amaliyot» fani aynan shunday vazifani bajaradi, shuning uchun uni mukammal o'rganmasdan turib, mutaxassislikka oid boshqa fanlarni o'zlashtirib olish qiyin kechadi. «Turizm: nazariya va amaliyot» fanining maqsadi O'zbekiston va jahon turizm biznesining nazariy va amaliy yondashuvlar genezisini hamda bugungi kundagi rivojlanish tendentsiyalarini, turizm sohasining mohiyatini ochib berish, turizmning taraqqiyot


Yüklə 123,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin